44
qilgani uchun ularning vazni ramali musaddasi mahzuf bo’ladi. Masalan, Navoiyning
«Lison ut-tayr» dostonidagi ko’pgina baytlar ramali musaddasi maqsur vaznida
yozilgan. Lekin shunday bo’lsa ham, aksariyat baytlar ramali musaddasi mahzuf
vaznida yozilgani uchun dostonning vazni ramali musaddasi mahzufdir.
3.
Ramali musaddasi solimi maxbuni mahzuf. Mazkur
vaznning birinchi
rukni «foilotun»ning solim (–V– –), ikkinchi rukni maxbun (VV– – // failotun),
uchinchi rukni esa maxbuni mahzuf (VV– // failun) ko’rinishiga teng bo’ladi:
foilotun
failotun
failun
– V– – //
V V– – //
V V –
Masalan:
Xo:–lu xat–ting u–za, ey tur–fa sa–nam,
Ay–la–ding nuq–ta xa–t^us–ti:–da ra–qam.
– V – – // V V – – // V V –
foilotun failotun failun
solim maxbun
maxbuni mahzuf
Do'stlaringiz bilan baham: