O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramal bahri vaznlari
- Musaddas vaznlar O’zbek adabiyotida ramal bahrining quyidagi musaddas vaznlari uchraydi: 1 . Ramali musaddasi mahzuf
fail (–– // marbu’; 3) fa’ (– // majhuf; 4) fo’ (~ // majhufi musabbag’) o’zbek
adabiyotida uchramaydi. Oltitasi: 1) foilun (–V– // mahzuf; 2) foilon (–V~ // maqsur); 3) failun (VV– // maxbuni mahzuf); 4) failon (VV~ // maxbuni maqsur); 5) fa’lun (–– // maqtu’); 6) fa’lon (–~ // maqtu’i musabbag’) esa faqat misra oxirida uchraydi, xolos. «Foilotun» rukni, uning zihoflari, undan hosil bo’ladigan far’iy ruknlar va ularning misralardagi o’rnini quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin: T/ r rukn nomi zihof nomi far’iy rukn nomi chizmasi misradagi o’rni 1 foilotun – solim –V–– 1,2,3-ruknlarda 2 foiliyyon tasbig’ musabbag’ –V–~ oxirgi ruknda 3 failotun xabn maxbun V V–~ 1,2,3-ruknlarda 4 failiyyon tasbig’ maxbuni musabbag’ V V–~ oxirgi ruknda 42 5 foilotu kaff makfuf –V– V 2-ruknda 6 failotu shakl mashkul V V– V 1,3-ruknlarda 7 foilon qasr maqsur –V~ oxirgi ruknda 8 failon xabn maxbuni maqsur V V~ oxirgi ruknda 9 foilun hazf mahzuf –V– oxirgi ruknda 10 failun xabn maxbuni mahzuf V V– oxirgi ruknda 11 maf’uvlun tash’is musha’’as – – – oxirgi ruknda 12 fa’lun qat’ maqtu’ – – oxirgi ruknda 13 fa’lon tasbig’ maqtu’i musabbag’ – ~ oxirgi ruknda 14 fail rab’ marbu’ V – oxirgi ruknda 15 fa’ jahf majhuf – oxirgi ruknda 16 fo’ tasbig’ majhufi musabbag’ ~ oxirgi ruknda Shu bilan birga, boshqa ruknlarda uchramaydigan, faqat «foilotun» ruknigagina xos bo’lgan bir xususiyatni ham esda tutish lozim: bir she’r doirasida «foilotun» bilan «failotun» ruknlari, shuningdek, «failun», «failon», «fa’lun» va «fa’lon» ruknlari bir-birining o’rnida qo’llanishi mumkin. «Foilotun» rukni ramal, muzore’, xafif va mujtass bahrlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ramal bahri vaznlari Ramal bahri, avval ta’kidlanganidek, she’riy misralarda «foilotun» ruknining takrorlanishidan yuzaga keladi. Ramal turkiy, jumladan, o’zbek adabiyotida uzoq tarixga ega bo’lgan bahr bo’lib, vazmin, mahzun va dardli ohangi, mumtoz musiqa ohanglariga uyg’unligi, ishq tuyg’u va kechinmalarini mutaassir ifodalash uchun benihoya qulayligi sabab o’zbek mumtoz adabiyotidan keng o’rin olgan. Ramal bahri o’zbek adabiyotida ko’proq musaddas va musamman shakllarida qo’llangan. Musaddas vaznlar O’zbek adabiyotida ramal bahrining quyidagi musaddas vaznlari uchraydi: 1 . Ramali musaddasi mahzuf. Mazkur vaznning birinchi va ikinchi ruknlari «foilotun»ning solim (–V– –), uchinchi rukni esa mahzuf (–V – // foilun) ko’rinishiga tengdir: foilotun foilotun foilun – V– – // – V– – // – V – Masalan: Chun g’a–raz so’z–din e–rur ma’:–ni: a–nga:, 43 No:–qi–l^o’l–sa: xo:–h. xo:–tun, xo:–h. er. – V – – // – V – – // – V – foilotun foilotun foilun solim solim mahzuf Navoiy Yoki: Ul yu–zi: oy–kim ja–hon–ning jo:–ni–dur, Bu: za–mo:–na: xo’b–la–ri:–ning xo:–ni–dur. – V – – // – V – – // – V – foilotun foilotun foilun solim solim mahzuf Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling