O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Navoiy 7. Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’i musabbag’
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy 8. Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’i musabbag’.
- Navoiy 63 Eslatma
Navoiy
7. Xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’i musabbag’. Bu vaznning birinchi rukni «foilotun»ning solim (–V– –), ikkinchi rukni mustaf’ilunning maxbun (mafoilun // V–V–), uchinchi rukni esa «foilotun»ning maqtu’i musabbag’ ko’rinishi «fa’lon» (– ~) dan iborat bo’ladi: foilotun mafoilun fa’lon foilotun mafoilun fa’lon – V– – // V– V – // – ~ Masalan: Faq–r. ah–li:–g’a po:–d.–sho: muh–toj, O’y–la–kim sho:–h.–g’a: ga–do: muh–toj. – V – – // V V – – // – ~ foilotun mafoilun fa’lon solim maxbun maqtu’i musabbag’ Navoiy 8. Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’i musabbag’. Bu vaznning xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’i musabbag’ vaznidan farqi shundaki, birinchi rukn «foilotun»ning solim emas, maxbun ko’rinishi–«failotun» (VV – –) bo’ladi: failotun mafoilun fa’lon failotun mafoilun fa’lon V V– – // V– V – // – ~ Masalan: Ish–ti–yo:–qim ko’–p,^eh–ti–yo:–jim ham, A–nga mush–to:–q.–men va yo: muh–toj. V V – – // V – V – // – ~ failotun mafoilun fa’lon maxbun maxbun maqtu’i musabbag’ Navoiy 63 Eslatma: avval ta’kidlanganidek, «foilotun»ning ikki to’rt bo’g’inli rukni: «foilotun» va «failotun» hamda ikki va uch bo’g’inli to’rt rukni: «failun», «failon», «fa’lun», «fa’lon» ruknlari bir she’r doirasida bir-birining o’rnida kelaverishi, buning natijasida esa bir asarda xafifi musaddasi maxbuni mahzuf yoki ramali musaddasi maxbuni maqtu’ vazni asosiy vazn bo’lib qolavergani holda, xafif bahrining ikki-uchtadan to sakkiztagacha turli vaznlari qo’llanishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning xafif bahrida yozilgan «Sab’ai sayyor» dostonida shu hol ko’zga tashlanadi. «Sab’ai sayyor» xafif bahrining asosan ikki vaznida yozilgan: a) xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf; b) xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’. Lekin dostonda birinchi rukndagi «foilotun»ning «failotun», oxirgi rukndagi «failun»ning «failon» va «fa’lun»ning «fa’lon» bilan o’zaro almashinib kelishi natijasida dostonda quyidagi sakkiz vazn yuzaga kelgan: 1. De:–di–kim: «Shah–g’a ne: i–to:–b. du–rur, Kim bu so’z–kim, de–dim, sa–vo:–b. du–rur. – V – – // V – V – // V V – foilotun mafoilun failun xafifi musaddasi solimi maxbuni mahzuf 2. De–di ba’:–zi: «Bu nav–’. dil–ka–sh^e–mas, Zu–a–fo: qat–li tiy–g’^i–la: xa–sh^e–mas. V V – – / V – V – // V V – failotun mafoilun failun xafifi musaddasi maxbuni mahzuf 3. Shah–g’a–kim, bo’l–mi–sh^er–di o:–shi–qu mast, Bul–’a–jab ik–ki ish be–rib e–di dast. – V – – //V – V – //V V ~ foilotun mafoilun failon xafifi musaddasi solimi maxbuni maqsur 4. Shah chu ul lah–v^i–la: bo’–lub mash–’uf, I–shi–din top–ma–s^ er–di he:–ch. vu–quf. V V – – // V – V – // V V ~ failotun mafoilun failon xafifi musaddasi maxbuni maqsur 5. Shah–ki is–mo:–’i bu: ma–qo:–l^ et–ti:, – V – – //V – V – // – – foilotun mafoilun fa’lun xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’ 6. G’a–za–bi: o’:–ti ish–ti–’o:–l^ et–ti:, V V – – // V – V – // – – failotun mafoilun fa’lun xafifi musaddasi maxbuni maqtu’ 64 7. Shah chu ko’r–guz–di ish–da bu: o:–yin. – V – – // V – V – // – ~ foilotun mafoilun fa’lon xafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’i musabbag’ 8. Ta–ma–’^et–ti: ni–go:–ri–din tah–sin. V V – – //V – V – // – ~ failotun mafoilun fa’lon xafifi musaddasi maxbuni maqtu’i musabbag’ Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling