O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet129/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transtsendental – o`ta umumiy.
Universumyagona Olam, yaxlit dunyo.
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo`lgan muammolardir
Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida avvalo sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo`lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.
Flora – o`simliklar dunyosi.
Fluktuatsiya – o`zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu jarayonlar natijasida dunyo o`zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo`ldi, XX asr o`rtalariga kelib esa u to`la darajada borliqqa aylandi.
Evolyutsion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolutsiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o`rganuvchi fan.
Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi.
Egalitarizm – umumiy tenglikni targ’ib qiluvchi g’oyaviy-siyosiy oqim.
Ekzistentsializm – diqqat markazida hayotning ma’nosi, inson erkinligi va mas’uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo`nalish.
Ekologiya – jonli mavjudotlarning o`zini qurshagan muhit bilan o`zaro munosabatlari haqidagi fan.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling