O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o`ta g’ayratlilik. Permanent


Download 6.3 Mb.
bet128/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o`ta g’ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Pertseptsiya – idrok etish.
Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni
Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo`nalish.
Reduktsionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.
Relyativizmbizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya – o`z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral – muqaddas.
Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq qo`yuvchi falsafiy yo`nalish.
Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.
Skeptitsizm – inson bilimining ishonchliligiga shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy kontseptsiya.
Stereotip – ko`pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substantsiya birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Stsientizmmadaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabubiron-bir narsa, harakat, so`zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teotsentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo`yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o`ringa qo`yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni echishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko`rsatuvchi falsafiy yondashuv.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling