O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet158/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

HAYO– shaxsning axloqiy o’zini-o’zi anglashi ko’rinishlaridan biri; hayo tuyg’usida insonning o’z xatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tushuniladi. Inson o’z xatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda yoki bo’lsamasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab etishi mumkin. Hayo vijdon b-n bevosita bog’liq bo’ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo’lmaydi. Shu b-n birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo’proq tashqi muhit b-n bog’liq bo’ladi. Hayo tuyg’usi insonning o’z xatti-harakatlarini boshqalar nuqati nazaridan baholashi b-n bog’liq bo’ladi. Hayo tuyg’usi ma’naviyatli va ma’naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.


HASAD - o’zida yo’q bo’lgan narsaning boshqalarda bo’lishini istamaslik, o’zgalarning yutuqlari va muvaffaqiyatlarini ko’ra olmaslik. Hasad tuyg’usi mavjud bo’lgan odam boshqalarning yaxshi turmush kechirishidan, o’qishda, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlaridan qiyin ahvolga tushadi. Hasad turli olamshumul dinlarda qoralanadi. Masalan xristian dinida hasad ettita gunohi kabiralardan biri hisoblanadi. Chunki bu dinda aytilishicha, hasad qilish xudo tomonidan o’rnatilgan tartibdan norozilikni bildiradi.
EZGULIK VA YOVUZLIK — ma’naviy axloqiy tushunchalar orasidagi eng muhim juftliklaridir. E. insonni faoliyatning asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo’ladi. «Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan. E. insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi.
ETIKET - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi keng, u ma’lum ma’noda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo’yilgan xatti-harakatni taqazo etadi.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling