Veda (sanskr. «bashorat») qadimiy hindistonning shimolida yashagan xalqlarning muqaddas kitobi.
Vijdon Erkinligi diniy e’tiqod erkinligi.
Vinaya-Pitaka tripitakaning rahboniylik odobi va xonaqoh nizomiga bag’ishlangan qismi.
Dao daosizm dinidagi oliy ilohiyat.
Da`vat (arab. «chaqirish») dinga targ’ib qilish.
Diakon xristianlikdagi eng quyi tabaqa ruhoniysi.
Diniy jamoa diniy tashkilotning boshlang’ich shakli bo’lib, diniy marosimlar va boshqa diniy faoliyatlar uchun unga birlashganlar.
Diniy idora diniy tashkilot markazi.
diniy tashkilot diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
Yepiskop (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko’p xristian cherkovlarida – oliy ierarx. barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepiskop) umumlashgan nomi.
Yesseylar qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Johiliya (arab. «yagona allohni tanimaslik») arabiston yarim orolining islom dinidan avvalgi davri shunday atalgan.
Zaif (arab. «kuchsiz, kasal») ishonchli ekanligiga shubha bo’lgan hadis.
Zakot (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknlaridan biri. mol-mulk nisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan birini kambag’allar foydasiga sadaqa sifatida beriladi.
Zardusht mil. av. vi-v asrlarda yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoir, payg’ambar. zardushtiylik dinining asoschisi.
Ijtihod islomda yangi paydo bo’lgan diniy muammolarni hal qilishning o’ziga xos usuli.
Ikona xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. ular cherkovlarda ibodat buyumi bo’lib xizmat qiladi.
Indulgensiya katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki qilinishi mumkin bo’lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan guvohnoma. u pul yoki cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi.
Isnod (arab. «suyanish») hadisni rivoyat qilgan roviy ismlarining ketma-ket zanjiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |