O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Modernizm ­ dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim. Monoteizm


Download 6.3 Mb.
bet171/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Modernizm ­ dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim.
Monoteizm ­ (qad. yunon. «mono» – «yagona», «teo» – «ilohiyat») yakkaxudolik.
Mujtahid ­ ijtihod qilish darajasiga yetgan faqih olim.
Murid ­ (arab. «xohlovchi») sufizm yo’liga kirib, murshidga qo’l bergan shogird.
Murshid ­ (arab. «to’g’ri yo’lga boshlovchi») sufizm yo’liga kirganlarni hidoyatga boshlovchi ustoz, shayx.
Musulmon (arab-fors. «muslimlar») ­ islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi.
Mus`haf ­ (arab. «sahifalangan») qur’oni karimning nomlaridan biri.
mutaassiblik ­ o’z g’oyasini «to’g’ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg’unchilikda ayblash.
Mushrik ­ ko’pxudolikda ayblangan odam.
Muqaddas ruh ­ xristianlikdagi xudoning uch ko’rinishidan biri.
Muhaddis ­ (arab. «hadis so’zlovchi») hadislar bilan shug’ullanuvchi olim.
Muhojirlar – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida payg’ambar bilan madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar.
Nirvana ­ (sanskr. «so’lish») buddizm va jaynizm diniy falsafalariga ko’ra, ruhning sansara kishanlaridan to’la ozod bo’lishi va oliy maqomga erishish.
nom - mil. av. iv asrlarda qadimgi misrda qabilalar nom deb atalgan.
Oxirat – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin barcha qayta tirilib, bu dunyoda qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.
Oyat ­ (arab. «belgi; mo’’jiza») qur’on suralarini tashkil etuvchi qism, «jumlalar».
Pergament ­ qog’oz kashf etilguniga qadar yozuv materiali sifatida ishlatilgan teri.
Panislomizm ­ xix asrning oxirlarida o’rta sharqda vujudga kelgan islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g’oyasini ko’tarib chiqqan siyosiy oqim.
Papa – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pasxa ­ xochga mixlangan iso masihning qayta tirilishi xotirasiga bag’ishlab o’tkazildigan xristianlikdagi yirik bayram.
patriarx ­ (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo’lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling