Xinayana (sanskr. «kichik arava») buddizmdagi oqim.
Xonaqoh 1) sufiylar jamlanib zikru samo bilan mashg’ul bo’ladigan maxsus bino; 2) masjidning mehrob va minbar o’rnatilgan qismi.
xoch krest, chormix.
Shaman (tungus. «sehrgar») ruhlar olami bilan muloqot qiluvchi ruhoniy.
Shoyixet - yahudiylikdagi ruhoniylikning boshlang’ich darajalaridan biri bo’lib, uni egallagan kishi qurbonlik yoki kundalik iste’mol uchun atalgan hayvonni so’yish huquqiga ega bo’ladi.
Shom - suriyaning qadimiy nomi.
Shopur 243-273 yillarda hukmronlik qilgan sosoniylar sulolasi hukmdori, avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasini tartibga soldirgan.
Evolyutsionizm – dinshunoslikda din ham dunyoning shakllanishi kabi bosqichma-bosqich soddadan murakkabga qarab rivojlangan, degan g’oyani ilgari suruvchi ta’limot.
Ekstremizm o’z maqsadi yo’lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar ko’rishga tarafdorlik.
Eran-Vej avestoda zikr qilingan zardushtning vatani.
Esxatologiya – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do’zax haqidagi tasavvurlar majmui.
E`tiqod dunyoqarash. biror dinga e’tiqod qilish uni haq deb bilib, uning ta’limotini tan olish.
Yasna avestodan bizgacha yetib kelgan to’rt kitobning ikkinchisi.
Yasrib - madina shahrining hijratdan avvalgi nomi.
Yasht avestoning 1-qismi.
Yahve yahudiylik ta’limotiga ko’ra, dunyolarni yaratuvchi yagona qudratli xudo.
Yahudo ya’qub payg’ambarning farzandlaridan biri. uning avlodlari «yahudiylar» deb ataladi.
Qiyomat (arab. «tik turish») bu dunyoning oxiri.
Qiroat (arab. «o’qish») qur’onni o’ziga xos qoidalarga muvofiq tilovat qilish.
Qoratosh – qarang: al-hajar al-asvad.
Qur`on (suryoniy «kerain» - «muqaddas yozuv») islom dinining muqaddas kitobi.
Hadis (arab. «yangi; so’z») muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |