O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Tavakkul ­ tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini allohga ishonib topshirish. Talmud


Download 6.3 Mb.
bet173/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Tavakkul ­ tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini allohga ishonib topshirish.
Talmud ­ (ivrit. «lameyd» ­ «o’rganish» so’zidan) tavrotga yozilgan sharhlar to’plami.
Tafsir ­ (arab. «bayon qilish») qur’on oyatlariga o’ziga xos ravishda ma’no berish.
Terrorizm ­ (fr. – «qo’rqitish») o’z fikrini zo’ravonlik yo’li bilan boshqalarga o’tkazish. bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.
Tipitaka ­ tripitaka so’zining o’zgargan shakli.
Tobi‘un ­ (arab. «ergashuvchilar») payg’ambar sahobalarini ko’rgan va ularga ergashgan kishilar.
Tora ­ (arab. «tavrot») muso payg’ambarga nozil bo’lgan kitob.
Totem ­ (shimoliy amerikadagi ojibva qabilasining tilida - «uning urug’i») totemizmda muqaddas sanaladigan o’simlik va hayvon.
traditsionalizm ­ an’anachilik. dindagi ratsionalizmga qarshi o’laroq, naql (taqlid) printsipiga asoslanuvchi oqim.
Tripitaka ­ (sanskr. «uch savat») buddizmning muqaddas kitobi.
Farziylar ­ qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Farishta ­ nurdan yaratilgan nafs va xohishga ega bo’lmagan, faqatgina unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og’ishmay bajaradigan, insonlar ko’ziga ko’rinmaydigan maxluq.
Fanatizm ­ mutaassiblik.
Fatvo ­ faqihning dinda paydo bo’lgan yangi muammolarni qur’onga zid kelmaydigan ravishda hal qilib chiqargan hukmi.
Fath ­ (arab. «ochish») biror shahar yoki mamlakatga harbiy yo’l bilan islomni olib kirish.
Faqih ­ fiqh ilmining bilimdoni.
Fetish ­ (fr. ­ «but, sanam, tumor») tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inish.
Fir`avn – ilohiyat darajasiga ko’tarilgan qadimgi misr podshohlari tituli.
Fiqh ­ (arab. «tushunish») shariat qonun-qoidalarini o’rganuvchi fan.
Fundamentalizm ­ ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish ta’limoti.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling