O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo’llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo’llanilishi mumkin bo’lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy harakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo’llaniladigan o’ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bo’lar borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashqil etadi. Masalan, ontologiya borliq va yo’qlik, substantsiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar apparatiga egadir. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashqil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo’limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo’lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go’zallik va hunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko’rib chiqamiz. Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari obyektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo’lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. SHunday qilib, dialektika kategoriyalari obyektiv dunyoni ideal aks ettirishning o’ta keng shakllari bo’lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o’zgartirishning asosiy printsiplari bo’lib xizmat qiladi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substantsion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida qo’llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular obyektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak, ular biri ikkinchisi bilan uyg’un bog’liq bo’lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik. Bu kategoriyalarni batafsilroq ko’rib chiqamiz. Yakkalik, xususiylik va umumiylik bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va hodisalarining dialektik birligini va ularning o’rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko’p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo’lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. ? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o’z tajribamizda ko’rganimiz hech qanday shubha uyg’otmaydi.Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. Xo’sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday echilmoqda? Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling