9. Feyerbax falsafasining mohiyati nimada:
A) Gegelning “Mutloq ruh” g’oyasini tanqid qilishida.
B) Ateistik g’oyalarni ilgari surishida.
V) Falsafiy ta’limoti markaziga insonni qo’yishida.
G) Quruq mushoxadachilikda.
10. Quyidagilarning qaysi biri ekzistentsializm namoyondasi?
A) Gusserl.
B) Xaydegger, YAspers.
V) SHpengler, Zimmel.
G) Nitsshe.
11. Metodologiya (“uslubiyat”) nima?
A) Usullar yig’indisi.
B) Bilish va voqelikni qayta o’zgartirish metodlari (uslublari) haqidagi ta’limot.
V) Ilmiy tekshirish mantiqi (logikasi).
G) Amaliy faoliyat tamoyillari.
12. “Fazo (makon)” nima?
A) Harakatning tuzilishi, ko’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir.
B) Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum.
V) Narsalar o’rtasidagi munosabatdir.
G) Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi.
13. Dialektikaning mohiyati, o’zagini ifodalovchi qonun:
A) Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’zaro o’tish qonuni.
B) Inkorni inkor qonuni.
V) Ayniyat qonuni.
G) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
14. “Zaruriyat” kategoriyasining ta’rifini aniqlang.
A) Imkoniyatning yuzaga chiqishi.
B) Sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija, yakun.
V) Muayyan sharoitda albatta yuz berishi lozim bo’lgan narsa, hodisa.
G) Tamoyil tushunchasining ayni o’zi.
15. “Sabab” kategoriyasining ta’rifini toping.
A) Vokelikning embirional ko’rinishi.
B) O’ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi holat, vaziyat.
V) Imkoniyatning ayni o’zi.
G) Mazmunning ifodalanish usuli, tashkil etuvchisidir.
5-MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI. HOZIRGI ZAMON JAMIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI VA JAMIYATNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Vaqt 2 soat
Reja:
1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyatning nazariy modeli va real jamiyat. Taraqqiyotning o’zbek modeli va Harakatlar strategiyasi.
2. Jamiyat moddiy hayoti. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi.
3. Kishilar birligining tarixiy shakllari.
4. Jamiyat – doimiy ravishda taraqqiy etib turadigan jonli sotsial organizm. 5. Insoniyat istiqboli va global muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |