O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet144/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

R - LOTINCHA PRAEDICATUM – kesim so’zining birinchi unli harfi bo’lib, u hukm predikatining simvolik ifodasidir. Sillogizm hulosaning predikati bo’lib kelgani uchun katta termin ham R harfi bilan belgilanadi.
PARADOKS (grek. para – qarshi va doxa - fikr) – kutilmagan, odatdan tashqari ajoyib fikr bo’lib, ma’lum hukmron va kundalik hayot fikrlariga, xatto rosmana fikrga qarama-qarshi bo’lgan mulohazadir. Formal mantiqda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki hulosa bo’lib, ularning har ikkalasi chin (to’g’ri) yoki xato deb qaraladigan fikrga paradoks deyiladi.
PREDIKAT (lot. praedicatum - kesim) – hukmda predmetga xos belgini ifodalaydi. Predmetdagi belgini mantiqiy bog’lovchilar orqali tasdiqlab yoki inkor qilib ko’rsatadi.
PETITIO PRINCIPII (lot.) – tezisning isboti uchun keltirilgan asos, to’g’ri, chin, yetarli bo’lsa – da, uning isboti uchun yana qo’shimcha isbot qilish talab qilinadigan dalillar keltirish asosida kelib chiqadigan xatoning lotincha nomi bo’lib, “asosni oshirib yuborish” xatosi deb ataladi.
PONENDO TOLLENS – (lot.) – ayiruvchi – qat’iy sillogizmning «tasdiqlash yo’li bilan inkor qilish» modusining lotincha nomi.
PONENS (lot.) – shartli sillogizmning “tasdiq” modusining lotincha nomi.
R (LOTINCHA RELATIO) – munosabat so’zining birinchi harfi bo’lib, hukmlar o’rtasidagi munosabatning simvolik ifodasidir. Hukmlar o’rtasidagi munosabatning formulasi quyidagicha: a R b (a va b hukmi o’rtasida R munosabat bor deb o’qiladi).
RADDIYA – biror tezisning noto’g’riligi yoki asossizligini isbotlaydigan mantiqiy usul.
RASIONALIZM – (lot. rationalis - aqliy) – bilish nazariyasida aqlni haqiqiy bilimning birdan bir manbai deb hisoblovchi oqim.
S (LOTINCHA SUBJECTUM) – sub’ekt so’zning birinchi harfi bo’lib, u hukmdagi mantiqiy eganing simvolik ifodasidir. Sillogizmda hulosa sub’ekti kichik termin ham S harfi bilan ifodalanadi.
SABAB VA OQIBAT – (lot. causa - sabab) – boshqa bir hodisani zaruran vujudga keltiruvchi sabab natijasida yuzaga kelgan boshqa hodisa oqibat deb ataladi.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling