O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Veda ­ (sanskr. «bashorat») qadimiy hindistonning shimolida yashagan xalqlarning muqaddas kitobi. Vijdon Erkinligi


Download 6.3 Mb.
bet169/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Veda ­ (sanskr. «bashorat») qadimiy hindistonning shimolida yashagan xalqlarning muqaddas kitobi.
Vijdon Erkinligi ­ diniy e’tiqod erkinligi.
Vinaya-Pitaka ­ tripitakaning rahboniylik odobi va xonaqoh nizomiga bag’ishlangan qismi.
Dao ­ daosizm dinidagi oliy ilohiyat.
Da`vat ­ (arab. «chaqirish») dinga targ’ib qilish.
Diakon ­ xristianlikdagi eng quyi tabaqa ruhoniysi.
Diniy jamoa ­ diniy tashkilotning boshlang’ich shakli bo’lib, diniy marosimlar va boshqa diniy faoliyatlar uchun unga birlashganlar.
Diniy idora ­ diniy tashkilot markazi.
diniy tashkilot ­ diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
Yepiskop ­ (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko’p xristian cherkovlarida – oliy ierarx. barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepiskop) umumlashgan nomi.
Yesseylar ­ qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Johiliya ­ (arab. «yagona allohni tanimaslik») arabiston yarim orolining islom dinidan avvalgi davri shunday atalgan.
Zaif ­ (arab. «kuchsiz, kasal») ishonchli ekanligiga shubha bo’lgan hadis.
Zakot ­ (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknlaridan biri. mol-mulk nisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan birini kambag’allar foydasiga sadaqa sifatida beriladi.
Zardusht ­ mil. av. vi-v asrlarda yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoir, payg’ambar. zardushtiylik dinining asoschisi.
Ijtihod ­ islomda yangi paydo bo’lgan diniy muammolarni hal qilishning o’ziga xos usuli.
Ikona ­ xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. ular cherkovlarda ibodat buyumi bo’lib xizmat qiladi.
Indulgensiya ­ katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki qilinishi mumkin bo’lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan guvohnoma. u pul yoki cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi.
Isnod ­ (arab. «suyanish») hadisni rivoyat qilgan roviy ismlarining ketma-ket zanjiri.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling