O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet170/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Isroil ­ (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») ya’qub payg’ambarning ikkinchi nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «isroil bolalari» deb ataladi.
Karomat – (arab. «ulug’lik, buyuklik») islom ta’limotiga ko’ra, alloh tomonidan uning do’stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli g’ayrioddiy qudrat.
Kasta ­ (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.
Ka`ba ­ (arab. «kub») makka shahrida hozirgi davrda baytul harom (muqaddas masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. islom ta’limotiga binoan, uni buyuk to’fondan so’ng ibrohim payg’ambar o’g’li ismoil bilan qayta tiklagan.
Konfessiya ­ (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Konfutsiy ­ qadimgi xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikning asoschisi.
Kosmogoniyaastronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo’lishi va o’zgarishlari haqidagi bo’limi. bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.
Krishna ­ hinduizmdagi e’tiborli xudolardan biri.
Linga – (qad. hind. «tavsifnoma, jins belgisi») qadimiy hind mifologiyasida ilohiy yaratuvchilikning ramzi.
Magiya ­ (qad. yunon. «magus», arab. «majus») sehrgarlik.
Mazhab ­ (arab. «yo’l») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo’nalishi.
Matriarxatonalik davriga oid, jamiyatda ayolning roli ustun bo’lgan davr.
Maxayana ­ (sanskr. «katta arava») buddizmdagi oqim.
Meditatsiya ­ (lot. «fikrlash, o’ylash») shaxsning ruhiy faolliyatga chuqur berilish holati.
Mitra ­ zardushtiylikdagi quyosh xudosi.
Mitropolit ­ (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.
mif ­ (qad. yunon. «hikoyat, rivoyat») biror xalq orasida mashhur bo’lgan hikoyat, rivoyat, asotir.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling