Tavakkul tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini allohga ishonib topshirish.
Talmud (ivrit. «lameyd» «o’rganish» so’zidan) tavrotga yozilgan sharhlar to’plami.
Tafsir (arab. «bayon qilish») qur’on oyatlariga o’ziga xos ravishda ma’no berish.
Terrorizm (fr. – «qo’rqitish») o’z fikrini zo’ravonlik yo’li bilan boshqalarga o’tkazish. bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.
Tipitaka tripitaka so’zining o’zgargan shakli.
Tobi‘un (arab. «ergashuvchilar») payg’ambar sahobalarini ko’rgan va ularga ergashgan kishilar.
Tora (arab. «tavrot») muso payg’ambarga nozil bo’lgan kitob.
Totem (shimoliy amerikadagi ojibva qabilasining tilida - «uning urug’i») totemizmda muqaddas sanaladigan o’simlik va hayvon.
traditsionalizm an’anachilik. dindagi ratsionalizmga qarshi o’laroq, naql (taqlid) printsipiga asoslanuvchi oqim.
Tripitaka (sanskr. «uch savat») buddizmning muqaddas kitobi.
Farziylar qadimiy yahudiylikdagi oqim.
Farishta nurdan yaratilgan nafs va xohishga ega bo’lmagan, faqatgina unga xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og’ishmay bajaradigan, insonlar ko’ziga ko’rinmaydigan maxluq.
Fanatizm mutaassiblik.
Fatvo faqihning dinda paydo bo’lgan yangi muammolarni qur’onga zid kelmaydigan ravishda hal qilib chiqargan hukmi.
Fath (arab. «ochish») biror shahar yoki mamlakatga harbiy yo’l bilan islomni olib kirish.
Faqih fiqh ilmining bilimdoni.
Fetish (fr. «but, sanam, tumor») tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inish.
Fir`avn – ilohiyat darajasiga ko’tarilgan qadimgi misr podshohlari tituli.
Fiqh (arab. «tushunish») shariat qonun-qoidalarini o’rganuvchi fan.
Fundamentalizm ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish ta’limoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |