O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet23/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Mazmun va shakl.Falsafada mazmun narsaning negizini tashqil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o’zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendentsiyalarning yig’indisi. Mazmunning ko’p xilligi… Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi. SHakl – bu narsalar va jarayonlarning mazmunini belgilovchi tomonlar, xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu elementlar o’rtasidagi barqaror ichki aloqalarni uyushtirishning unga yaxlitlik sifatida namoyon bo’lishi va o’ziga xos bo’lgan barcha funktsiyalarni bajarish imkonini beruvchi usuli. SHakl – narsaning to’zilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o’zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. SHakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo’lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang’ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. SHakl- tabiiy kuch sifatida anorganiq jismlarni harakatga keltiradi: o’simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. SHakl-jismdan konkret narsa va predmet hosil bo’lishidir. SHakl-jismlarning alohida xususiyati bo’lib, konkret yashash tarzini belgilaydi.SHakl umumiy nom bo’lib, narsa turini, narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligi va o’rinli aktuallanishi bildiradi. SHaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o’rin egallaydi.SHakl va mazmunning o’zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Tashqi va ichki shakl…
Narsa shaklsiz mavjud bo’lmaydi. SHakl mazmunga faol ta’sir ko’rsatadi. SHakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko’plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl mazmundan o’zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo’ladi.
Mazmun va shakl o’rtasidagi dialektik o’zaro aloqa quyidagi omillar bilan belgilanadi.
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog’liq.
2. Mazmun va shaklning birligida mazmun etakchilik qiladi.
3. Mazmun va shaklning birligiga shaklning nisbatan mustaqilligi, faolligini nazarda tutadi.
Mazmun va shakl o’rtasidagi ziddiyat narsalar va hodisalarning o’zgarish, ularning boshqa narsalar va hodisalarga aylanish sabablaridan biri hisoblanadi.
Butun va qism; O’zaro bog’langan soddaroq narsalardan tashqil topadigan har qanday predmetning murakkab to’zilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas majmuani tashqil etadi. Predmetni (butunni) tashqil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi. Butunni tashqil etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog’lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya’ni butunga xos bo’lgan, lekin uni tashqil etuvchi qismlarga ularning tarqoqlik holatiga xos bo’lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Qism butunga bog’liq bo’ladi, u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko’proq darajada – ular o’rtasidagi aloqaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Qismlar o’rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning yaxlitligini belgilaydi. YAxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining birligini ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi.
Demak butun – narsa, hodisa va uni tashqil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o’zaro bog’langan yagonalikning ifodasi. qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o’z vazifasi (funktsiyasi)ni bajara oladigan alohidalik.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling