O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Ma’ruza mashg‘uloti. Grammatika , Yozuv


Download 200.04 Kb.
bet15/41
Sana24.10.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1718586
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

7.Ma’ruza mashg‘uloti. Grammatika , Yozuv
Reja:

    1. Kirish. Grammatika haqida tushuncha.

    2. Morfologiya, so`z tarkibi. O`zak va negiz.

3.Til va yozuv.
4. Grafika va orfografiya.
Grammatika termini (grekchadan grammatike techne - yozuv san’ati) fanda ko`pincha ikki xil ma’noda qo`llanadi. Birinchidan, ushbu termin tilda mavjud bo`lgan ma’lum so`zlarni o`zga bir xil so`zlarga bir xilda solishtirish, turli so`zlarning bir xil o`zgarishi va turli gaplarni bir xilda ko`rish (ya’ni, so`zlarning o`zgarish ooidalari va gaplarning qurilish qoidalari) usullarini va vositalarini anglatadi. Ushbu ma’noda grammatika «grammatik qurilish» yoki «til grammatikasi» tushunchalariga monand keladi.
Ikkinchidan, grammatik qurilishni, undagi mavjud usullar va vositalarni o`rganuvchi fanni grammatika deb ataladiki, ushbu usullar va vositalar evaziga til nutqning shakllanishi jarayonida so`zlarning solishtirilishini, ularning o`zgarishini va gaplar qurilishini qolipga soladi.
Til grammatikasini tushunishda murakkablik va qiyinchilik tug`diruvchi muxim alomatlardan biri uning mavxumligi, abstraktligi xisoblanadi. Grammatika izlanadi va xususiylikdan umumiylikni, rang -baranglikdan bir xillikni, o`zgaruvchanlikdan barqarorlikni topadi.
Grammatikaning ushbu alomati bilan tanishuv grammatik ma’no xususida muloxaza yuritish imkonini beradi.
Grammatik ma’no. Bizga leksik va so`z yasovchi ma’nolar tanish. Leksik ma’no so`zga nisbatan individualdir, ya’ni xar bir leksik ma’no bir, muayyan so`zga qaraydi. So`z yasovchi ma’no tiplashgan, u bir xildagi so`z yasovchi so`zlar guruxiga qarashli bo`ladi. Grammatik ma’no-chi? U umumiy qoliplashgan bo`lib, bir xil so`zlar turkumiga yoki butun bir so`z formalariga (kelishik, rod ko`rinishlari, shakl o`zgarishi) qaraydi.
Grammatik ma`nolarni ifoda etuvchi vositalar. Dunyo tillarida grammatik ma`nolarni ifoda etuvchi vositalar turli yo`lla,r turli usullar bilan ifoda etiladi. Ularning eng muhim xususiyatlari quyidagilar.


  1. Download 200.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling