O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Download 200.04 Kb.
bet16/41
Sana24.10.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1718586
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

Affiksatsiya. Bu vosita dunyo tillarida eng ko`p tarqalgan vosita bo`lib, dunyoning ko`p tillarida grammatik vositalar affiksatsiya usuli bilan ifodalanadi. Bu vositalarga so`z o`zgartiruvchilar (egalik, kelishik, ko`plik), shaxs-son formalari kiradi. Har bir til o`ziga xos grammatik ma`no ifodalovchi vositalariga ega. Masalan, o`zbek tilida qaratqich kelishik yagona shaklda ifodalansa, rus tilida bir kelishik ma`noni turli shakllarda ifodalaydi: -i, -a, -ya kabi.

  1. Yordamchilar. Grammatik ma`no ifodalashda yordamchilar yoki funksional so`zlar ham xizmat qiladi. Dunyo tillarida yordamchi so`zlar turli-tumandir. Ularga ko`makchilar, bolovchilar, yuklamalar, predloglar, artikllar kiradi. Masalan,

SHakar qovunlarning mayin hidlari
Sabo bilan tarqalar sekin. (U.)

  1. Suppletivizm. Suppletivizm deyilganda bir so`zning turli grammatik formalari har xil o`zaklardan yasalishi tushuniladi. Bu hodisa Hind-Evropa tillariga xos bo`lib, turkiy tillarda uchramaydi. Grammatik formani shu yo`l bilan ifodalash asosan, ba`zi kelishik olmoshlariga, fe`l va sifatlarga xosdir. Masalan, o`zbek tilida men kishilik olmoshiga barcha kelishik qo`shimchalari qo`shila oladi, bunday holda hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Ammo rus, ingliz, nemis tillarida olmoshlar turlanganda o`zak strukturasida o`zgarish yuz beradi. Masalan, YA, mne; chelovek, lyudi. Demak, bir so`zning kelishik, ko`plik, egalik bilan turlanish jarayonida boshqa o`zakka, boshqa so`zga aylanish hodisasi suppletivizm deyiladi.

  1. Takror. Grammatik ma`no ifodalashda bir so`zni ikki marta takrorlash orqali ham grammatik ma`no ifodalash mumkin. Buni reduplikatsiya ham deyiladi.

Dunyo tillarida bir so`zni ikki marta takrorlash orqali turli ma`nolar anglashiladi. Masalan, malay tilida arang - odam, arang-arang - odamlar, xitoy tilida sing - yulduz, sing-sing - yulduzlar ma`nosini anglatadi. O`zbek tilida bir so`zni ikki marta takrorlash orqali ko`plik, jimlik, kuchaytirish kabi ma`nolar anglashiladi. Masalan, kim-kim - kimlar, nima-nima - nimalar.

Download 200.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling