O’quv-uslubiy mаjmuа tuzuvchilari: Odilova N. G. – Tdpu masofaviy ta’lim kаfеdrаsi dotsent v/b. Tаqrizchilar


Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida


Download 2.25 Mb.
bet123/167
Sana08.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1695529
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   167
Bog'liq
46263 UMK PSIXOLOGIYA nazariyasi va tarixi

14.4.Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.


Frustratsiyatushkunlik, ma’lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og‘ir kechinmasi. Frustratsiya ko‘p hollarda frustratorga qarshi qaratilgan tajovuzkorlik hulq-atvor bilan bog‘liq. Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo‘lgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yo‘llarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, ba’zida esa tubanlashadi, ya’ni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi.
Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo‘lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi.
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik , axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi.
Ahloqiy hislar odamning boshqa kishilarga, jamoa va o‘zining ijtimoiy burchlariga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma’lum ahloqqa, ya’ni ijtimoiy ahloq-qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy hususiyatlariga hamda o‘zining xatti-harakatlariga baho beradi.
Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Estetik hislar ham yuksak ahloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi.37
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo‘llarini baholaydigan ta’sir qilish usullari va ko‘lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to‘g‘ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Hayotiy faoliyat jarayonida muhit va irsiy shartlar asosida insonda barqaror emotsional sifatlar – emotsional xususiyatlar va xossalar shakllanadi. Shaxsning emotsional xususiyatlariga emotsional reaktivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, affektlilik, emotsional barqarorlik, umumiy emotsional tonus, emotsional ta’sirlanishlar kuchi va ularning tashqi ifodalanishi – ekspressivlik taalluqlidir.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling