O’quv-uslubiy mаjmuа tuzuvchilari: Odilova N. G. – Tdpu masofaviy ta’lim kаfеdrаsi dotsent v/b. Tаqrizchilar


Download 2.25 Mb.
bet130/167
Sana08.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1695529
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167
Bog'liq
46263 UMK PSIXOLOGIYA nazariyasi va tarixi

Blits-so’rov savollari

  1. Temperamentning qanday nazariyalarini bilasiz?

  2. Temperamentning asosiy xususiyati nimadan iborat?

  3. Insonlar temperamentining qanday tiplari mavjud? Ularni psixologik jihatdan xarakterlab bering.

  4. Xarakterning umumiy xususiyatlarini gapirib bering.

  5. Xarakterning qanday tiplari mavjud? Ularning xususiyatlarini gapirib bering.

  6. Xarakterdagi jinsiy rollar tafovuti nimadan iborat?

  7. Qobiliyatning tug’ma zamini nima?

  8. Layoqat nima?

  9. Qobiliyatlar deganda nima tushuniladi

  10. Qobiliyatning shakllanishi nimalarga bog’liq?

  11. Qobiliyatning qanday turlari mavjud?

  12. Qobiliyatlar taraqqiyotining oliy darajasi nima deb ataladi



TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Temperament tipi - insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi).
Xolerik - kuchli, qo’zg’alishi ustun bo’lgan nomutanosib, o’ta harakatchan tip. Sangvinik – asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.
Flegmatik – kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.
Melanxolik - kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.
Xarakter - shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi.
Xarakterning irodaviy qirralari – hulq-atvor va faoliyatni ongli, tushunchaviy-vositali boshqarishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari.
Xarakterning emotsional qirralari – xarakatning bevosita, o’z-o’zidan boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari.
Xarakterning intellektual qirralari – aqliy qobiliyatlarning barqaror individual–tipologik xususiyatlari.
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
Layoqat – asab tizimining ba’zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik xususiyati bo’lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki yakka tug’ma tabiiy zaminidir.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling