O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
- Yettinchidan
- MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
Uchinchidan, barkamol shaxs bo‗lishi uchun yurtimiz tarixini, o‗tmishini va bugunini mukammal bilishi shart;
To„rtinchidan, O‗zbekistonda qanday muqaddas qadamjolar mavjud. Ular nima uchun muqaddasligini yoshlar bilishlari, o‗rganishlari zarur; Beshinchidan, yoshlar Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamahshariy, Burxoniddin Marg‗inoniy, Motrudiy, Ahmad Farg‗oniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayin Voiz Koshifiy, Zixiriddin Muhammad Bobur kabi o‗lmas mutafakkirlar asarlarini o‗qigan, uqqan bo‗lishlari kerak; Oltinchidan, bugungi yoshlar Abdulla Qodiriyning ―O‗tgan kunlar‖, Oybekning ―Navoiy‖, G‗ofur G‗ulomning ―Shum bola‖, ―Sen yetim emassan‖, Abdulla Qahhor, Xudoyberdi To‗htaboyevning romanlari, hikoyalari, qissalarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, To‗ra Sulaymon, Mahmud Toir, Tog‗ay Murod kabi o‗nlab ijodkorlar asarlari, ―Alpomish‖, ―Ravshan‖, ―Kun tug‗mish‖, ―Go‗ro‗g‗li‖ kabi dostonlarni o‗qigan bo‗lishlari zarur; Yettinchidan, barkamol inson o‗zi yashayotgan hududdagi teatrga har xaftada hech yo‗q-sa bir marta borib turishi, oyda bitta badiiy asarni o‗qigan bo‗lishi kerak; Sakkizinchidan, bugungi yoshlar ―Axborot‖, ―Davr‖, ―Fursat‖, ―Poytaxt‖ informatsion dasturlarini, ommaviy axborot vositalari bo‗lgan kunlik gazetalardagi xabar va yangiliklardan xabardor bo‗lib borishlari kerak. MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: Shaxs manfaatlari va erkinligi, shaxs manfaatlari va erkinligining ma‘naviy jihatlari, shaxs qadr-qimmati, shaxs manfaatlarini himoya qilish, shaxs manfaatlariga oid bo‗lgan maxsus qonunchilik tizimi, BMT, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi, YUNESKO, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Barkamol shaxsni tarbiyalash. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Shaxs manfaatlari va erkinligining ma‘naviy jihatlarini izohlang... Insoniyat o‗z taraqqiyoti jarayonida shaxs manfaatlariga oid bo‗lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Ana tizim yaratilgan bosqichlarni sanab o‗ting... Ma‘naviyat asoslari ta‘limida shaxs manfaatlari ustuvorligini izohlang... ―Odam savdosiga qarshi kurashish to‗g‗risida‖ gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan? O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddalarida konstitusiyaviy normalarga rioya etish yuzasidan fuqarolarga qator burch va mas‘uliyatlar yuklatilgan? Nima uchun barkamol insonni shakllantirmasdan turib, jamiyatni hozirgi davr talabi darajasida rivojlantirib bo‗lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga etibor berish kerak? Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling