O‗quv-uslubiy majmua
An‟anaviy ta‟lim modelining afzalliklari
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- An‟anaviy ta‟lim modelining kamchiliklari
- Noan‟anaviy ta‟lim modelining afzalliklari
- Noan‟anaviy ta‟lim modelining kamchiliklari
- Ta‟lim metodi tuzilmasi
An‟anaviy ta‟lim modelining afzalliklari:
Ma‘lum ko‗nikmalarga ega bo‗lgan va aniq, ma‘lum tushunchalarni, fanni o‗rganishda foydali; O‗qituvchi tomonidan o‗qitish jarayoni muxiti yuqori darajada nazorat qilinadi; - Vaqtdan unumli foydalaniladi; -Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. An‟anaviy ta‟lim modelining kamchiliklari: O‗quvchilar passiv ishtirokchi bo‗lib qoladilar; O‗qituvchining to‗la nazorati barcha o‗quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi; O‗quvchilar o‗qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi; Eslab qolish darajasi hamma o‗quvchilarda bir xil bo‗lmaganligi sababli, sinf bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi past bo‗lib qolishi mumkin; Mustaqil o‗rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Noan‟anaviy ta‟lim modelining afzalliklari: -O‗qitish mazmunini yaxshi o‗zlashtirishga olib kelishi; O‗z vaqtida qayta aloqalarning ta‘minlanishi; Tushunchalarni amaliyotda qo‗llash uchun sharoitlar yaratilishi; Turli o‗qitish usullarining taklif etilishi; Motivatsiyaning yuqori darajada bo‗lishi; O‗tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi; Muloqatga kirishish ko‗nikmasining takomillashishi; -O‗z-o‗zini baxolashning o‗sishi; O‗quvchilarning mavzu mazmuniga, o‗qitish jarayoniga bo‗lgan ijobiy munosabati; -O‗quvchining mustakil fikrlay olishi; -Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; -Muammolarni yechish ko‗nikmalarining shakllanishi. Noan‟anaviy ta‟lim modelining kamchiliklari: -Ko‗p vaqt talab etilishi; O‗quvchilarni har doim xam keraklicha nazorat kilish imkoniyatining pastligi; -Juda murakkab mazmundagi material o‗rganilayotganda xam o‗qituvchi rolining past bo‗lishi; -O‗qituvchining o‗zidan ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‗nikmalariga ega bo‗lishining talab etilishi. «Ta‘lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‗nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‗ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‗qituvchi va o‗quvchilar faoliyatining o‗zaro tutashuvi, o‗qitish va o‗qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‗lmaydi, buning boisi ta‘lim metodi o‗zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»20. 1. qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‗laqonli yorituvchi ta‘rifni aniqlashga bo‗lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta‘riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta‘lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‗zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta‘lim metodlari o‗quvchilarning o‗quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta‘lim metodlari ta‘lim jarayonida qo‗llanilib, uning samarasini ta‘minlovchi usullar majmuidir. Ta‘lim metodlari ta‘lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta‘lim mazmunini o‗zlashtirish yo‗llari ifoda etiladi, o‗qituvchi va o‗quvchilarning o‗zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta‘lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‗lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‗qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta‘lim metodlari doimo u yoki bu o‗qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‗zaro shartlanganligini ta‘kidlash joiz. Ta‘lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‗ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko‗ra): Ta‟lim metodi tuzilmasi Chizmadan anglanib turibdiki, ta‘lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta‘lim vositalari. Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‗qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta‘lim maqsadi o‗qituvchi va o‗quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta‘lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‗naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta‘lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta‘lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling