O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet49/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Elektron o„quv nashri - ta‘lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‗nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta‘minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o‗quv materialga ega bo‗lgan elektron nashr.
Elektron lug„at - an‘anaviy «qog‗ozli» lug‗atga mos keluvchi elektron axborot manbai. Kompyuter versiyada so‗z yoki so‗zlar guruhiga maxsus ajratilgan ko‗rsatma bilan istalgan dasturdan chiqarilishi mumkin. An‘anaviy lug‗atlardan farqli ravishda elektron lug‗at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obektlarning butun spektrlarini o‗z ichiga olishi mumkin.
Elektron uslubiy qo„llanma - pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta‘lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qo‗llanmada pedagogik tajriba mashg‗ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o‗girilgan shaklda yaratilgan o‗quvchilar ishlarini darslar bo‗yicha rejalashtirilgan shaklida ko‗rsatiladi.
Elektron o„quv qo„llanma - fanning o‗quv hajmini qisman yoki to‗liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‗z ichiga olgan bo‗lib, masofaviy o‗qitish va mustaqil o‗rganish uchun mo‗ljallangan.
Elektron ma‟ruza – interaktiv elementlar va giperuzatishlarni qo‗llab, o‗quv fani ma‘ruza materialini namoyish qiluvchi multimedek tizim.
Uchinchi masalaning bayoni: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvarida ―Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida‖ farmoyish chiqardi. Bu hujjat mamlakatimizda kechayotgan ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar, uning tashkiliy takomili va rivoji borasidagi ishlarni izchillashtirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, u xalqning ezgu maqsadlarga uyg'un g'oyalarining tarannumi sifatida ham e'tiborga molik. Nomlarini biz hamisha e'zoz bilan tilga oladigan buyuk ajdodlarimiz o'zlari erishgan oliy maqomga faqat kitob, ma'rifat orqaligina musharraf bo'lib, dovruq taratganlar.
Hazrat Alisher Navoiy salaflari fikrlariga tayanib bir muhim ma'lumotni keltiradi. Unga ko'ra, kitob ishiga miloddan avval Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni afsonaviy Tahmuras davrida asos solingan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, kitobxonlik Sharq xalqlariga qadim-qadimdan xos bo'lgan ezgu fazilat, mo''tabar qadriyatdir.
Haqiqatan, xalqimiz kitobxonlikni azaldan go'zal fazilat deb biladi. ―Madrasa ko'rgan‖,
―maktab ko'rgan‖ kabi ziyolilik, o'qimishlilikni anglatuvchi iboralar qatorida ―kitob ko'rgan‖ degan baho odamning bilimdonligini, ko'p narsadan boxabarligini anglatgan.
Lekin so'nggi yillarda kitob va kitobxonlik borasidagi qarashlariga ko'ra, garchi buni o'zlari tan olmasalar-da, odamlar uch toifaga ajralib qolgandek. Bir turkum kishilarimiz o'zlari o'qigan kitoblarga haddan tashqari berilib, atrofdagi boshqa narsalarni unutib qo'yish darajasiga etganlar. Ikkinchi toifa uchun kitob umrini o'tab bo'lgan vosita, shuning uchun uni mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Uchinchi toifadagilargina kitobni inson ma'naviy olamini boyitish bilan birga jamiyat hayotini go'zallashtirishga, moddiy, tabiiy borliqning taraqqiysiga xizmat qiluvchi zarur omil deb biladilar.
Bundan birinchi va uchinchi toifalarni bir xil baholab bo'lmasligi ko'rinib turibdi. Ularning birinchisini ―kitobparastlik‖ deb atash mumkin. Kitobparastlik insonning ma'naviy kamoliga ijobiy ta'sir ko'rsatishi qiyin. Chunki kitob va hayot munosabatini tahlil etolmagan kishining real hayotdan uzoqlashib qolishi kuzatiladi. Qolaversa, hozirda turli aloqa vositalari orqali nomaqbul kitoblar oqimi ham shu qadar ko'pki, kishilarni ular orasidan tanlab o'qish mahoratini oshirish ham muhim masala. Kitobparastlarning nomaqbul kitoblar ta'siriga tushib qolishi foydadan ko'ra zararni ko'proq keltiradi. Nomaqbul deb atayotganimiz shunchaki mazmuni sayoz kitoblar jaholatni kuchaytiradi. Chunki kitobparast o'zi o'qigan ma'lumotlarga bandi bo'lgan. Boshqa har qanday ma'rifat unga begona bo'lib ko'rinadi, uni qabul qila olmay qoladi. Bunday holni ma'rifatparvar ajdodimiz
Munavvarqori Abdurashidxonov ―jahli murakkab‖ deb atagan edi. Bu jaholatning davosi ham albatta kitob, ya'ni bunday kishiga xo'broq kitobni ko'proq o'qitishdir.
Ikkinchi toifadagi kishilarni ―kitobbezorilar‖ deb atash mumkin. Bu toifadagi aksariyat kishilar moddiy jihatdan o'zlariga to'q, to'la ta'minlangan bo'ladilar. Baribir, ular ham hayotda o'z ideallariga ega. Lekin, afsuski, ko'pincha ularga ideal bo'lgan shaxslar ma'rifatdan begona bo'lib, o'z atrofidagilarga kitob o'qimasdan ham hayotda ko'p narsaga erishish mumkinligini uqtiradilar. Kitob o'qiydigan, ko'p narsaga muhtoj bo'lib yurgan odamlarning ustidan kuladilar. Ularning ba'zilari odamlarning ma'naviy tabaqalanishini, insoniy qadriyatlarni tan olmaydilar. O'zlarining ta'birlari bilan aytganda, ular kitob o'qiy boshlasalar, uyqulari keladi. Ba'zan martabaliroq ziyoli odam oldida kitobbezori ekanliklari bilinib qolsa, kitob o'qib o'tirishdan ko'ra kitobxon odamlar bilan o'tirib suhbatlashishni ma'qul ko'rishlarini aytadilar. Lekin bunga ham aksar vaqt o'zlari amal qilmaydilar. Shunday bo'lsa-da, kitobbezorilik tuzalmas illat emas. Qalblariga yo'l topilsa, ular o'z qarashlaridan juda tez voz kechib, ma'rifat yo'liga kirishlari mumkin.
Uchinchi toifa kitobxonlik haqiqiy ziyolilikdir. Fan, ma'rifat, madaniyat va ishlab chiqarishning taraqqiyot sari harakati faqat ana shu toifaning hissasiga to'g'ri keladi. Garchi buning hammasi inson tabiatiga bog'liq hodisalar bo'lsa-da, tuyg'ular, kayfiyatlar almashinuvi orqali uning munosabat o'zgartirish imkoniyatini hisobga olib, shaxs takomilini yuksaltirish tadbirlariga har doim ehtiyoj saqlanib qoladi. Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan farmoyishi ana shunday ehtiyojlarni qondirish maqsadida chiqarildi. Farmoyish mazmun-mohiyati barcha fuqarolarimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun bajarilishi lozim vazifalarni nazarda tutib, yoshlarimizning barkamol avlod bo'lib tarbiyalanishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yanada kengaytirish va yuksaltirishni alohida vazifa qilib qo'yadi.
Unda muhim masalalar qatorida sohadagi mavjud muammolarni samarali hal etishga qaratilgan dastur ishlab chiqish ko'zda tutilgani g'oyatda ahamiyatlidir. Ishonchimiz komilki, ushbu farmoyish ijrosi doirasida tayyorlanadigan dastur turli yot g'oyalar, ―ommaviy madaniyat‖ niqobidagi nomaqbul xatti-harakatlar, internet tizimidagi tahdidlar xavfiga qarshi tura oladigan avlodni tarbiyalashga, tarbiyaning barqaror rivojiga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, ―fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat‖ bilan kurashishda qo'l keladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling