Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet1/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili


Tushunchalar tahlili
Akademik lltsey - o'quvchilaming imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ulaming jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’mmlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlaming keng sohalari bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Amaliy ishlar metodi - o‘zlashtirilgan bilimlami amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul. Anomaiiya (yunoncha — anomal) - me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalami o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishkorreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalami faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq- (lotincha “moralis” - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong - shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlami berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur boigan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini о‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogic jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlami berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogic jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling