Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet4/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Nazariy bilim - empirik holatlami tasvirlash, tushuntirish, ya’ni narsa-hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlami ochishni nazarda tutadi.
Bilish - obyektiv borliqning ongda aks etishining oliy shakli, haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagi darajalarda bo‘ladi:
Missiy bilish - sezgilar, idrok, tasavvur orqali.
Ratsional bilish - tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalardan o‘tib nazariyalarda o‘rin oladi. Shu bilan birga bilish - kundalik, badiiy, ilmiy bo‘ladi. Ilmiy bilish tabiatni va jamiyatni bilishga ajraladi.
Birlamchi modul - pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tianlangan va o‘z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullami oladigan modul to‘plami.
Vatanparvarlik (lotincha “patriotes” - vatandosh, “patris” - vatan, yurt) - shaxsning o‘zi mansub bo'Igan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Verbal - bilim (ma’lumot, axborot)lami so‘z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis - bilim, ong, o‘rganish) - bilish, ilmiy bilimlaming shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘Igan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmui.
Davlat ta’lim standarti - 1 ) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablar.
Dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik - muayyan fen bo‘yicha ta’lim maqsadi, о‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’Iumotlami beruvchi manba.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling