Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Jamoaning rasmiy tuzilishi -


Download 42.61 Kb.
bet6/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli ko‘rinishdagi jamoa faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya - o‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, uiarni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish va mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogic faoliyat mazmuni.
Jismoniy tarbiya - o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlami shakllantirish, ulami aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogic jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Joriy nazorat - ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘ yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Idrok - aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” - moslashish) - anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv - ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantirnvchi metodlar - o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatiar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ulaming ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogic g'oyalarning tutgan o‘mi va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o‘rganadi.
Ijtimoiy reabilltatsiya (yunoncha “rehabilitas” - layoqati, qobiliyatini tiklash) - anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchiga hissiyog‘ zaki ta’sir etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslaxini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling