O‗quv-uslubiy majmua


Elektron ta‟lim resurslari


Download 0.96 Mb.
bet60/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Elektron ta‟lim resurslari:

  1. www. tdpu. uz

  2. www. Ziyonet. uz

  3. www. edu. uz

  4. www. ma‘naviyat. uz

  5. www. google.uz

11-mavzu: “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYATGA OID FANLARIGA OID
AUDITORIYADAN TASHQARI ISHLAR, ULARNING TURLARI” mavzusidagi ma‟ruza bayoni
Reja:

    1. Bugungi kunda auditoriyadan tashqarida talabalar ma‘naviyatini rivojlantirish zaruriyati.

    2. Auditoriyadan tashqari mashg‗ulot jarayonida talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish imkoniyatlari.

    3. Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlardan kutiladigan natijalan va xulosalar.

1-masalaning bayoni: Sir emaski globallashuv va ma‘naviy tahdidlar keskin tus olgan bugungi kunda talabalar ma‘naviyatini rivojlantirish har qachongidan ko‗ra dolzarb bo‗lgan ijtimoiy zaruriyatga aylangan.
Talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish samaradorligiga ularga ma‘naviy ehtiyoj, ma‘naviy burch, ma‘naviy fazilat, ma‘naviy meros, ma‘naviy vorislik kabi ijobiy hamda ma‘naviy tahdid, ma‘naviy zaiflik, ma‘naviy tubanlik kabi salbiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi.
Oliy ta‘lim muassasasida talabalarni ma‘naviy rivojlantirishning sifat va samaradorligi ko‗p jihatdan murakkab va ko‗p qirrali o‗quv-tarbiya jarayonining auditoriya mashg‗ulot (ma‘ruza, seminar, amaliy va laboratoriya)lari va auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarining bu sohadagi imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga bog‗liq. Ammo OTMda o‗quv-tarbiya ishining auditoriya mashg‗ulotlari fan dasturlari, vaqt me‘yorlari va avvaldan belgilab qo‗yilgan mashg‗ulotlar shakl, metodlari bilan chegaralangan. Garchi auditoriya mashg‗ulotlarida ham tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga harakat qilinsa ham, biroq asosiy e‘tibor o‗quv maqsadlariga erishishga qaratiladi. Shu boisdan ham u hamma vaqt ham talabalarning ma‘naviy istak-xohishlari va ehtiyojlarini to‗liq qanoatlantira olish, ularning ma‘naviy-axloqiy va ma‘rifiy sohalarda jonli muloqotga erkin kirishishlari, emotsional sifatlarini tarkib toptirish, o‗z shaxsiy nuqtai nazarlarini himoya qilish kabilarga to‗liq imkon bermaydi.
Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarda talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish jarayoni ham o‗z navbatida murakkab va ko‗p qirrali bo‗lib, u o‗quv rejasidagi ijtimoiy-gumanitar, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bloklari bo‗yicha auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar mazmuni va shakl, metodlarini o‗zaro bog‗liqlikda o‗rgangan taqdirdagina samarali kechishi mumkin.
Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar va ma‘naviy-ma‘rifiy ommaviy tadbirlar tizimi tarkibiy qismlarini integratsiyalash jarayoni murakkab ko‗rinishga ega, rivojlanuvchi ob‘ekt bo‗lib, u ko‗p o‗lchovli yondashuvni qo‗llashga zarurat tug‗dirdi. Integratsiya jarayonini hosil qilishning nazariy asosi sifatida auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar va tadbirlar orqali talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish muammosini hal qilishda tizimli va faoliyatli yondashuv hamda pedagogik integratsiyaning nazariy asoslari xizmat qiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling