O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
2-masalaning bayoni: Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar jarayonida talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirishda mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilib, tavsiya etilgan quyidagi texnologik model ham muhim ahamiyatga ega:
Talabalarning pedagogika oliy ta‘lim muassasasidagi tahsilining intihosi yuksak ma‘naviy qiyofaning shakllanishi bilan belgilanadi. Ana shu sababli texnologiyaning to‗rtinchi bosqichi «ma‘naviy qiyofa» deb nomlanadi. Mazkur bosqichda talabalarda ma‘naviy sifatlarning to‗liq rivojlanganligini diagnostika qilish va korreksiyalashga alohida e‘tibor qaratildi. Texnologiyaning to‗rtinchi bosqichida, asosan, auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning individual faoliyatini o‗rganish va tahlil etish, ularning malakaviy amaliyot davomida ziyolilik sifatlarining namoyon bo‗lishini tashxis etish va muntazam tuzatib borish kabi jihatlarga alohida e‘tibor qaratiladi. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish mazkur jarayonni loyihalashdan boshlanib, dastlab talabalarda tarkib toptirilishi lozim bo‗lgan qiziqish, ehtiyoj va motivlarni aniqlab olishdan boshlanadi, ya‘ni talabalarda tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etishga ichki kuch va imkoniyatlarini tarkib toptirishni taqozo etadi. Talabalarda ma‘naviyatni rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar samaradorligiga erishish mumkin bo‗lgan natijalar bilan erishilgan natija o‗rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi, tarbiyaviy jarayonda natijaviylikni ta‘minlanishi uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zaruriyatini taqozo etadi: ma‘naviy ehtiyojning ahamiyati va zaruriyatining anglab yetilishi, tarbiya jarayoni hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonida motivlarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, talabalarda yuksak ma‘naviy fazilatlarni egallashga bo‗lgan ijobiy motivlarni rivojlantirish, talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish uchun zaruriy va qulay shart-sharoit yaratuvchi ijodiy muhitni yaratish, tarbiya jarayonida hamkorlikka asoslanilishi, talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarning hisobga olinishi. Tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash bosqichining yana bir muhim tarkibiy qismi baholash va refleksiyadir. Tadqiqot jarayonida pedagogik baholashning ikki turi qo‗llanildi: ochiq pedagogik baholash va yopiq tarzdagi pedagogik baholash. Tadqiqot natijalari talaba shaxsining sub‘ektiv mustaqilligini intensiv rivojlantirgani bois, yopiq tarzdagi pedagogik baholash samarali ekanligi haqida xulosa chiqarish imkonini berdi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‗zlash bosqichidan keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas jarayondir. Bu bosqichda tarbiyachilar oldida tarbiyalanuvchilar bilan birga faoliyat yo‗nalishining barcha qismlarini aniqlash, ishtirokchilar orasida majburiyatlarni taqsimlash, ularni qanday qilib bajarish lozimligini ko‗rsatish kabi muhim vazifalar ham turadi. Talabalarning ma‘naviy-ma‘rifiy mavzulardagi kompyuterli muloqot dasturlaridan foydalanishga qiziqishlarini rivojlantirishning muhim shakli virtual ekskursiyadir. Virtual ekskursiya xilma-xil axborot manbalaridan foydalangan holda talabalarni ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni loyihalashtirish faoliyatiga tayyorlash jarayonida ularning o‗zaro birgalikdagi harakatga tayyorlashga yo‗naltirilgan pedagogik vositani o‗zida aks ettiradi. An‘anaviy ekskursiyalardan farqli ravishda virtual ekskursiyalar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, maxsus jihozlangan o‗quv xonalarida o‗tkaziladi. Mazmuniga ko‗ra virtual ekskursiyalar ma‘naviy ma‘rifiy ishlar mavzusiga mos ravishda tashkil etiladi, shuning uchun talabalarning ma‘naviy dunyoqarashini boyitish va kengaytirishga xizmat qiladi. Masalan, ana shunday virtual ekskursiyalar Samarqand davlat universiteti talabalari bilan auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar jarayonida «Samarqand ma‘naviyat o‗choqlari» mavzusida tashkil etilishi mumkin. Mazkur jarayonda har bir talabaning alohida qadamjolar haqida ma‘lumotlarni o‗rganishlari vazifa sifatida belgilanadi. Virtual ekskursiyani tashkil etishga doir mashg‗ulot bir nechta bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda talabalar bilan hamkorlikda ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ekskursiyaning maqsadi aniqlandi va ob‘ektlari belgilab olinadi. Ushbu ekskursiyaning maqsadi sifatida Samarqand shahrida joylashgan qadamjolar, ulardagi moddiy va ma‘naviy qadriyatlar haqidagi qo‗shimcha ma‘lumotlarni o‗rganish asosida talabalarning dunyoqarashini kengaytirish belgilab olinadi; ikkinchi bosqichda maxsus ishlab chiqilgan elektron xarita asosida talabalar mustaqil ravishda ob‘ektlar to‗g‗risidagi axborotlarni izlashi, ularni o‗rganib, tahlil etish asosida ma‘naviyat o‗choqlari haqidagi tayyorlanadigan ma‘ruzaning rejasini tuzishi, so‗ngra ko‗rgazmali materiallar asosida taqdimot yaratishi, kichik guruhlarga bo‗lingan holda har biri o‗zi tayyorlagan ma‘ruzaga tuzatishi va o‗zgartirishlar kiritish maqsadida sinov tariqasidagi taqdimotlarni o‗tkazishi, so‗ngra umumiy o‗rta ta‘lim maktablaridan taklif etilgan o‗quvchi-ekskursantlar bilan birga talabalar virtual ekskursiyani amalga oshirishi mumkin. Ekskursiyaga jalb etilgan o‗quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishadi; yakuniy bosqichda guruh murabbiyi tomonidan taqdim etilgan mezonlar asosida talabalarning taqdimotlari muhokama etiladi va baholanadi. Virtual ekskursiyaga tayyorlanish ijodiy jarayon sanalib, tashabbuskorlik, nostandart fikrlashni rivojlantiradi hamda aniq natijalarni erishishni kafolatlaydi. O‗z navbatida ekskursiyani tashkil etish talabalarning ma‘naviy olamini yanada boyitish, milliy g‗urur, iftixor tuyg‗ularini rivojlantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy malaka talablarini egallash, shuningdek, e‘tiborlilik, xayrixohlik, tolerantlik kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‗quv auditoriyasidagi hamkorlikdagi faoliyat, uning natijalarini baholash talabalarga o‗z imkoniyatlarini baholash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Virtual ekskursiya talabalarda nafaqat umummadaniy kompetensiyalarni, balki quyidagi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi: ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatga doir turli axborot manbalarini mustaqil izlab topish va ulardan foydalanish, ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyat sub‘ektlari bilan samarali muloqotga kirishish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatga doir va hk. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling