O‗quv-uslubiy majmua


Elektron ta‟lim resurslari


Download 0.96 Mb.
bet69/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Elektron ta‟lim resurslari:

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi: www.edu.uz.

    2. O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi: www.uzedu.uz.

    3. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi: www.giy.uz

13-mavzu: “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYATGA OID FANLARNI


O„QITISHDA IJTIMOIY FANLARDAGI SO„NGGI YANGILIKLAR VA YUTUQLARDAN FOYDALANISH
mavzusidagi ma‟ruza bayoni Reja: 1.Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda tarix fanidagi eng so‗nggi yangiliklar va yutuqlardan mavzu doirasida foydalanish.

  1. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda Dunyo dinlari tarixi fanidagi eng so‗nggi yangiliklar va yutuqlardan mavzu doirasida foydalanish.

  2. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda Davlat va huquq asoslari fanidagi eng so‗nggi yangiliklar va yutuqlardan mavzu doirasida foydalanish.

  3. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarga oid yangi adabiyotlar tahlili.

1-masalaning bayoni: O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 6 apreldagi Umumiy o‗rta va O‗rta maxsus, Kasb-hunar ta‘limining Davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 187- son qarorida o‗quv fani mavzularining o‗quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma‘lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‗liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi lozimligi belgilangan. Bunda o‗quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‗zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‗lishi lozim. Shuningdek, fanlararo uzviylikka e‘tibor berish, amaliy, ijodiy mashg‗ulotlarni ko‗proq kiritish, bu borada mahoratli o‗qituvchilarning ijodiy ish tajribalaridan keng foydalanishni yo‗lga qo‗yish kerak.
Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda ijtimoiy fanlar -Tarix, Dunyo dinlari tarixi, Davlat va huquq asoslaridagi eng so‗nggi yangiliklar va yutuqlardan mavzu doirasida foydalanilsa, o‗quvchilarning Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarga qiziqishi, ularni taxlil etishi va mustaqil fikr yurita olish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid darslar birinchi navbatda, yosh avlodni vatanparvarlik, elyurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga milliy-ma‘naviy qadriyatimizga mos insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishda beqiyos o‗ringa ega.
Milliy istiqlol g‗oyasi Vatanimizning shonli o‗tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‗lab turishga, o‗zimizni ulug‗ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‗l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da‘vat qiladigan g‗oyadir.Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev bu xususda shunday fikr bildirgan: ―...eng avvalo, yoshlar va aholi o‗rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‗ib kilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda40‖.
Bugungi kunda tarix fani sohasida ko‗pgina yutuqlar va yangiliklar qo‗lga kiritilmoqda. Bu sohada ayniqsa, arxeologlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar diqqatga sazovordir.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarni o‗qitishda foydalaniladigan manbalarda birinchi navbatda vatanimizning shonli tarixi, ajdodlarimizning o‗tmishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan bo‗lmog‗i lozim. O‗rta asr Sharq mutafakkirlarining ilmiy, diniy asarlari, jahon falsafasi durdonalari, jadid ma‘rifatparvarlarining asarlari milliy g‗oyani o‗rganishda va xalqimiz ongiga singdirishda alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek, xalq og‗zaki ijodi manbalaridan ham o‗rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Alpomish, Go‗ro‗g‗li kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Xalqimizning eng qadimiy ma‘naviy merosi bo‗lmish birgina manba, ―Avesto‖ni oladigan bo‗lsak, bo‗lsak, unda insonning ruhiy va jismoniy kamoloti ezgulikni ko‗proq yoyib, yovuzlikni bartaraf etishga qaratilgan harakat sifatida hayotning bosh maqsadi ekaniga urg‗u berilganligi diqqatga sazovordir. Zardusht fikricha, o‗z hayoti davomida go‗zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo‗lida xizmat qilgan odam porso va haqgo‗y, pok va adolatli bo‗lib, mehmonlarni beg‗araz kutgan, xotinini sevib, erni, mollarni parvarish qilgan, odamlarning mol – mulkiga ko‗z olaytirmagan, tabiatni asrab – avaylab undan zavq olgani uchun u o‗lgandan keyin uning joni ham bitmas – tuganmas rohat va farog‗atga burkanadi. Gunohkorning esa joni chiqqach, uning joni boshi atrofida tentiraydi va uch kun davomida barcha yomon odamlar tortadigan noxushlikni ko‗radi. Uch kundan keyin gunohkor joni o‗zi bunyod etgan yomonlik va razolatlar ustida uchadi. Gunohkorni o‗limidan keyin kutayotgan narsa uning tanasi bilan joni o‗rtasidagi ixtilofdir. Qaerda ezgu fikr, ezgu so‗z, ezgu ish uyg‗unligi bo‗lsa, o‗sha erda olijanoblik va go‗zallik g‗alaba qozonadi, qachonki tana va jon nifoqqa uchrasa, inson hayoti tanazzulda, joni esa qilgan qilgan yomonliklari jabrini tortib, azobda qoladi. Bundan tashqari, ―Avesto‖da qadimgi bobokalonlarimizning hayot va inson, axloq va odob, go‗zallik va ijod, qishloq xo‗jaligi va jamiyatdagi adolat to‗g‗risidagi falsafiy mushohadalari o‗z ifodasini topgan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning har bir asar, nutq va ma‘ruzalarida Vatan taqdiri, yurtning tinchligi, taraqqiyoti, mustaqillik va uni mustahkamlash, milliy g‗oyani yoshlar qalbiga singdirish kabi dolzarb masalalar ilgari surib kelinadi. Milliy istiqlol g‗oyasini yaratish, shakllantirish va jamiyatni bir maqsad yo‗lida birlashtiruvchi bayroq vazifasini o‗tashi kerakligi haqidagi ilg‗or g‗oyalarning muallifi ham Islom Karimov bo‗lgan.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarning mavzulari bevosita shonli tariximiz bilan bog‗liq. Jumladan: Umumiy o‗rta ta‘limning 5-sinf ―Vatan tuyg‗usi‖ fanida ―Sohibqiron Amir Temur‖, ―Mirzo Ulug‗bek muzeyi‖, ―O‗zbekiston davlati‖, 6-sinfida ―Eng ulug‗ ayyom‖, ―Vatanimiz poytaxti‖, ―Tarixiy xotira‖ kabi mavzular borki, ularni o‗tmish tariximizning shonli sahifalari bilan bog‗lagan holda o‗quvchilarga yetkazamiz.
Mustaqillik yillarida Tarix fanida ko‗pgina yangiliklar ko‗lga kiritilgan. Ayniqsa, davlatchiligimiz tarixi keng va chuqur o‗rganilmoqda. Qadimgi Baqtriya podsholigi O‗zbekiston xududida shakllangan ilk davlat va u to‗rt ming yillik tarixga ekanligini asoslandi. Mil.avv. XIXXVIII asrlarga oid Jarqo‗ton yodgorligi O‗zbekiston xududidagi ilk shahar bo‗lib, unda dastlabki davlatchilik elementlari mavjudligini asoslab berdilar.
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlarning yubileylarining nishonlanishi ham tariximizni ma‘naviy jihatdan boyitishda muxim o‗rinni egalladi. 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi, 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Qadimiy shaharlar tarixini yoritishda yubiley munosabati bilan tashkil qilingan halqaro konferensiyalar tarixning eng dolzarb masalalarini yoritib berdi41. O‗zR FA Tarix instituti tomonidan doimiy o‗tkazilib kelinayotgan akademik Yahyo Fulomov nomidagi «O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixi» Respublika ilmiy seminarlarida davlatchilik tarixi masalalari bilan birgalikda tarixining dolzarb masalalariga e‘tibor qaratib kelinmoqda.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling