O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
3-masalaning bayoni: Hozirgi globallashuv va axborot almashinuvi o‗ta jadallashgan hamda bu jarayondan ayrim kuchlar o‗z maqsadlari yo‗lida foydalanishga urinayotgan bir davrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, ―dunyoda yuz berayotgan tub o‗zgarishlar jarayonida egallab turgan o‗rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‗lishimiz shart‖34. Buning uchun avvalo, yosh avlodning intelektual salohiyatni kuchaytirish va ayni vaqtda ularni ma‘naviy va g‗oyaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash jarayonini to‗g‗ri tashkillashtirishimiz juda muhimdir.
Yosh avlodni g‗oyaviy jihatdan sog‗lom va barkamol qilib tarbiyalashda ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning mafkuraviy kompetentliligi eng asosiy omil hisoblanadi. Binobarin, ta‘lim-tarbiya jarayonida pedagog kadrlarning mafkuraviy kompitentligini oshirmasdan turib yosh avlodni ma‘naviy va g‗oyaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalab bo‗lmaydi. Shu ma‘noda bugungi davr sharoiti va talablari xalq ta‘limi tizimida faoliyat olib borayotgan barcha pedagog kadrlarda mafkuraviy kompetentlilikni shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib qo‗ymoqda. Mafkuraviy kompetenlilik tushunchasi bugungi kun uchun yangi tushunchadir. Mafkuraviy kompetentlilik tushunchasiga quydagicha ta‘rif berildi: Mafkuraviy kompetentlilik – bu shaxsning mafkura sohasida chuqur bilimga egaligi va o‗zi ishongan mafkura bo‗yicha kuchli e‘tiqod (mafkuraviy immunitet)ning shakllanganligi hamda o‗z mafkurasidagi g‗oya va qarashlarni boshqa insonlarda ham shakllantira olish malakasidir. Mafkuraviy kompetentlilik yaxlid ko‗rinishda bo‗lsada, biroq unda uchta asosiy komponent mavjuddir. Ya‘ni, ular: Mafkura sohasida chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‗lish; Muayyan mafkura (nazariyasidagi g‗oya va tomoyillar)ga nisbatan kuchli ishonch va e‘tiqod (mafkuraviy immunitet)ning shakllanganligi; O‗zi ishongan mafkuraning g‗oyalarini boshqa insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan (ichki, ilmiy-nazariy va tashqi tashkiliy-metodik) ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lish kabilardir. Biror bir shaxsda yuqoridagi uch komponentning birgalikda mavjud bo‗lishi bu shaxsda mafkuraviy kompetentlilik mavjudligini ko‗rsatadi. Aksincha bo‗lsa, ya‘ni muayyan shaxsda yuqoridagi komponentlardan birining mavjud emasligi unda mafkuraviy kompetentlilik to‗la shakllanmaganligini bildiradi. Bugungi globallashuv va axborot almashinuvi o‗ta jadallashib borayotgan davrda yosh avlodning hayoti juda ko‗plab foydali va foydasiz axborotlar ta‘siri ostida kechayotganligini inobatga olish hamda shunda kelib chiqqan xolda ta‘lim-tarbiya jarayonini to‗g‗ri tashkil etish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun avvalo yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi bilan shug‗ullanuvchi ―pedagog kadrlarning mafkuraviy masalalar borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish‖35 maqsadga muvofiqdir. Pedagoglik kasbi haqida so‗z borganda albatta bu kasb uchun kasbiy kompetentlilik bilan birga mafkuraviy kompetentlilik ham o‗ta zarur ekanligiga e‘tibor qaratish juda muhimdir. Zero, kasbiy kompetentlilik deganda ―o‗qituvchining ma‘naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyati, ya‘ni uning kasbiy imkoniyatlari solohiyati..‖36 tushuniladigan bo‗lsa, mafkuraviy kompetentlilik deganda o‗qituvchining (bunyodkor va vayronkor) mafkuralar bo‗yicha chuqur bilimga ega ekanligi va bunyodkor mafkura bo‗yicha unda kuchli e‘tiqod (mafkuraviy immunitet)ning mavjudligi va o‗zi ishongan bunyodkor mafkuradagi g‗oya va qarashlarni boshqa insonlar jumladan, o‗quvchi-yoshlarga ham singdira olish malakasi tushiniladi. Pedagoglik kasbida kasbiy va mafkuraviy kompetentlilikni bir biridan ayro holda qo‗yib bo‗lmaydi. Chunki, o‗qituvchining kasbiy kompetentliligi asosan o‗quvchiga ta‘lim berishga qaratilgan bo‗lsa, undagi mafkuraviy kompetentlilik o‗quvchiga (ma‘naviy va g‗oyaviy) tarbiya berishga qaratilgan bo‗ladi. Binobarin, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun ―ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi‖37. Insonlarda mavjud bo‗ladigan mafkuraviy kompetentlilik haqida so‗z borganda albatta u faqat bunyodkor mafkuragagina asoslangan bo‗ladi deya xulosa chiqarib bo‗lmaydi. Chunki, ijtimoiy hayotda boshqa mafkuralar jumladan, vayronkor mafkuralar (diniy aqidaparastlik, ―ommaviy madaniyat‖ va missionerlik g‗oyalari)ni targ‗ib etuvchi shaxslarda ham o‗z mafkuralariga asoslangan kompetentlilik mavjud bo‗lishini yoddan chiqarmaslik kerak. Mamlaktimizni yanada taraqqiy etishi va barqaror rivojlanishi uchun ta‘lim tizimi rahbarlari hamda o‗qituvchi va murabbiylardagi mafkuraviy kompetenlilik albatta bizning bunyodkor mafkuramiz xisoblanmish milliy mafkuramizga asoslangan bo‗lishi lozim. Binobarin, milliy mafkura deganda milliy qadriyatlarimiz va ma‘naviyatimizga asoslangan, kishilarda halollik, poklik, insof, diyonat, vatanni sevish, dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo totuvlik va boshqa shu kabi fazilatlarni shakllantiradigan bunyodkor mexanizm tushuniladi. Milliy mafkuramizga asoslangan mafkuraviy kompetenlilikka ega bo‗lish orqali ta‘lim tizimi rahbarlari hamda o‗qituvchi va murabbiylar: chuqur g‗oyaviy bilim va kuchli mafkuraviy immunitetga ega bo‗ladi; dunyoni mafkuraviy manzarasini tushinish va uni tahlil qilishda adashmaydi; hozirgi mafkuraviy mutakkab davrda milliy mafkuramiz asosidagi pedagoglik pozitsiyasiga ega bo‗ladi; ta‘lim-tarbiya jarayonida o‗quvchi-yoshlarni g‗oyaviy bilimi va ma‘naviyatini yanada yuksaltirish uchun yetarli darajada amaliy ko‗nikma va malakaga ega bo‗ladi. Hozirda ta‘lim-tarbiya jarayoni uchun mafkuraviy kompetenlilikning zaruriyatidan kelib chiqib, bugungi kunda ushbu masalani tarix, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa va boshqa shu kabi fanlarda o‗rganilishidan tashqari aynan pedagogika fani nuqtai nazaridan ham o‗rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Binobarin, hozirda pedagog kadrlarning mafkuraviy kompetentliligini shakllantirish orqali yosh avlodni ma‘naviy va g‗oyaviy tomondan barkamol qilib tarbiyalay olsak bugungi globallashuv va axborot almashinuvi o‗ta jadallashib borayotgan ―bunday sharoitda mafkura sohasidagi g‗alabaning ahamiyati siyosat va iqtisodiyot sohasidagi g‗alabanikidan kam bo‗lmaydi‖38. Milliy g‗oyani singdirishda ta‘lim tizimi xodimlarining mafkuraviy kompetentliligiga qo‗yilayotgan zamonaviy talablari.Ma‘lumki, barcha dinlarda ibodat jarayoni va shu ibodat amalga oshiriladigan maskan (masjid, cherkov, sinagogiya kabi)lar muqaddas hisoblanadi. Ibodat jarayonini va ibodat qilinadigan joylarni buzish esa, barcha dinlarda katta gunoh sanaladi. Fikrimizni bunday boshlashimizning asosiy sababi, dunyoviy hayotda ham ibodatga va ibodat maskanlariga tenglashtirilgan narsalar borki ular ham bo‗lsa, dars va maktabdir. Binobarin, muqaddas islom dinimizda ham ―bir kun bilim olmoq qirq kunlik ibodatdan afzal‖ligi aytib o‗tilganligi ham mazkur fikrimizni tasdiqlaydi. Ta‘lim muassasalaridagi dars jarayoni ibodat darajasidagi muqaddas jarayon ekan hozirda uni buzmasligimiz, aniqrog‗i dars vaqtini maqsadsiz o‗tkazib yubormasligimiz kimga ko‗proq bog‗liq degan tabiiy savol tug‗iladi. Bu savolga obe‘ktiv va subektiv tomonlarni xisobga olgan holda ko‗plab javob berish mumkin albatta, lekin, baribir asosiy urg‗u aylanib dars jarayonining shakl va mazmuniga javobgar bo‗lgan shaxs – o‗qituvchi va murabbiy zimmasiga kelib tushaveradi. Darhaqiqat, maktab dunyo imoratlari ichida eng ulug‗i bo‗lsa shubhasiz, undagi buyuk siymo bu o‗qituvchidir. Aynan shular haqida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: ―Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‗ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta‘sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‗qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‗lchab, qiyoslab bo‗lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma‘rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‗i maktab bo‗lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‗qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‗ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‗lamiz. Chindan ham, o‗qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‗ak qalblarga ezgulik yog‗dusini baxsh etadigan, o‗z o‗quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo‗tabar zotdir. Ona tilimizda ―maktab ko‗rgan‖, ―maktab yaratgan‖ degan chuqur ma‘noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o‗qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‗rin tutishidan dalolat beradi39. Barchamizga ma‘lumki, mamlakatni taraqqiy ettirish uchun avvalo ta‘lim-tarbiya jarayonini ham shakl ham mazmun jihatidan o‗zgarish kerak. Buning uchun esa avvalo bu jarayonni tashkil etuvchi asosiy shaxs – o‗qituvchi o‗zgarmog‗i, uning kasbiy va mafkuraviy kompetentliligi zamon talablariga moslashib bormog‗i lozim. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda hozirda ta‘lim tizimi orqali milliy g‗oyani singdirishda bugungi kun o‗qituvchisining mafkuraviy kompetentliligiga ko‗plab talablar qo‗yilmoqda. Mazkur talablarini muxtasar qilib aytganda ular asosan quyidagi yo‗nalishlardan iborat ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Jumladan ular, Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling