O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet65/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

2-masalaning bayoni: Bugungi kunda umumiy o‗rta ta‘lim sifatini tubdan o‗zgartirishda ta‘limdagi kompetentsiyaviy yondoshuv muhim ahamiyat kasb etadi.Kompetensiya bu-mavjud bilim, ko‗nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‗llay olish qobiliyati hisoblanadi27.
―Kompetensiya‖ tushuncha lotincha ―campetere‖ - munosib bo‗lmoq so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, u Yevropada birinchi marta 1596 yilda Vikipediya lug‗atida ishlatilgan. Hozirda Vikipediyada elektron lug‗atda ―kompetensiya‖ tushunchasi ―bu xodimning lavozim talablariga muvofiq ishlash qobiliyatidir‖28, deya izohlangan. O‗zbekiston Milliy Ensiklopediyasida ―kompetensiya‖ tushunchasi ―Kompetensiya – (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba‖27, deya ta‘riflangan. Yuqoridagi manbalarda ―kompetensiya‖ tushunchasi orqali keng ma‘noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo‗llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini nazarda tutilgan bo‗lsa, yurtimizning pedagogika sohasidagi olimlari tomonidan aynan o‗qituvchining kasbiy kompetentliligi tushunchasiga ham ta‘riflar berilgan bo‗lib, unga ko‗ra ―kasbiy kompetentlilik – bu o‗qituvchining ma‘naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyati, ya‘ni uning kasbiy imkoniyatlari solohiyatini tasvirlaydi. Mazkur salohiyatni pedagogik jarayonlarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda o‗qituvchi faoliyati jarayonining holati va samaradorligi orqali aniqlash mumkin bo‗ladi‖28, deya izohlangan.
2016 yil 14 martda qabul qilingan ―Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining umumta‘lim fanlari bo‗yicha o‗quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan davlat ta‘lim standartlari va o‗quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish to‗g‗risida‖gi Xalq ta‘limi vazirligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazining 16-;15-Q/Q- va 26/QQ-sonli qo‗shma qarori mazmunidan kelib chiqqan xolda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 6 apreldagi Umumiy o‗rta va O‗rta maxsus, Kasb-hunar ta‘limining Davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 187- son qarori bilan tasdiqlandi.Unda ―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ turkumiga kiruvchi o‗quv fanlarini o‗qitishning maqsad va vazifalari quyidagilar qilib belgilangan:
―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ turkumiga kiruvchi fanlarni o‗qitishning maqsadi: o‗quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, o‗quvchilar qalbi va ongiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‗oyasining mohiyatini singdirish, ularning ma‘naviy dunyosini boyitish va mafkuraviy immunitetini, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ turkumiga kiruvchi fanlarni
o‗qitishning vazifasi:
O‗quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o‗rgatish, ularda faol fuqarolik nuqtai nazarini, milliy g‗urur, bag‗rikenglik va sog‗lom e‘tiqodni shakllantirishdan iborat.
―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ turkumiga kiruvchi o‗quv fanlari bo‗yicha ta‘lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‗yiladigan malaka talablari:
1. Ma‘naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi A1
Odob-axloq (kiyinish, muomala, muloqot, jamoat joylarida o‗zini tutish) madaniyatiga ega
bo‗ladi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi va hurmat qiladi. A2
Oila, jamiyat, Vatan oldidagi burch hamda mas‘uliyatni anglaydi va ularga rioya qiladi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy-madaniy an‘analar, urf-odatlar, marosimlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‗ladi;
Vatan ravnaqi yo‗lida jismoniy va intellektual imkoniyatlarini safarbar eta oladi; milliy va diniy munosabatlarda bag‗rikenglikni o‗zida namoyon eta oladi; muammolarni vazminlik va tinch yo‗l bilan hal etadi; hissiyotlarga berilmaydi, har qanday jarayonda aql bilan ish yuritishga harakat qiladi; jamoatchilik ishlarida faol bo‗ladi.
2. Mafkuraviy immunitetga ega bo‗lish kompetensiyasi
A1
yaxshi va yomon xatti-harakatlarni farqlaydi, ularga fikrini bayon eta oladi; yon-atrofida bo‗layotgan voqea-hodisalarga munosabat bildira oladi; ilmlilik insonning yuksak ziynati ekanini anglay boshlaydi. A2
O‗zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma‘naviy-mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildira oladi; ma‘naviy tahdidlarni anglaydi va baholay oladi;
fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish tamoyilini o‗zida namoyon eta oladi; axborot va media madaniyatga ega.
O‗quvchilar dars mashg‗uloti jarayonida o‗zlashtirgan bilimlari, ko‗nikmalari va malakalarini kundalik hayotiy faoliyatida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechish jarayonida foydalana olish qobiliyatlariga ega bo‗lishlari lozim. Buning uchun o‗qituvchilar o‗zlarining o‗quv mashg‗ulotlarini tashkil etishda turli pedagogik texnologiyalardan, interaktiv uslublardan unumli foydalana olish ko‗nikmalariga ega bo‗lishi lozim.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlari bo‗yicha olib borilgan darslarida interaktiv uslublardan foydalanish o‗quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, bugungi davrning o‗ziga xos jihatlarini kengroq anglashida yaqindan yordam beradi. Globallashuv jarayonida o‗zini turli tahdidlardan himoya qila olish ko‗nikmalari paydo bo‗ladi. Internet va ommaviy axborot vositalari orqali tarqalayotgan xabarlarni to‗g‗ri taxlil qilib, o‗zi uchun zarur ma‘lumotlarni ajratish qobiyati shakllanadi.
Interaktiv uslubdagi dars jarayonida o‗qituvchi va o‗quvchi birgalikda faoliyat olib boradi va bunda o‗quvchi asosiy bajaruvchiga aylanadi2930. Bu jarayonida o‗quvchilarga shaxs sifatida qaraladi, ularning mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshishiga, mas‘uliyatni his qilishga imkon yaratiladi. O‗quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‗rgatadi. Bu esa o‗quvchilarda tayanch kompetentsiyalarining shakllantirishda muxim ahamiyat kasb etadi.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlari bo‗yicha darslarida ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi shakllantirishda muxim hisoblanadi. Bu kompetensiyada jamiyatda bo‗layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‗zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‗lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi31.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlarning darslarida shakllantirishda darsdainteraktiv uslublarning eng maqbullarini tanlay olishi lozim. Interaktiv uslublarni qo‗llash jarayonida sinf o‗quvchilarning o‗ziga xos jihatlarini ham e‘tiborga olish lozim. Doimo bir xil uslubdan foydanish ham kamroq samara beradi. Shu sabab mavzuning o‗ziga xosligi, o‗quvchilarning imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda turli uslublardan unumli foydalanish qobiliyati o‗qituvchida shakllangan bo‗lishi lozim. Bu esa o‗qituvchidan doimo o‗z ustida ishlash, malakasini tinimsiz oshirib borishni talab etadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi shakllantirishda ―Kichik guruhlarda ishlash‖ uslubi o‗quvchilarning darsda faolligini ta‘minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o‗rganishga imkoni tug‗iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o‗rgatadi.32 ―Kichik guruhlarda ishlash‖ jarayonida tarix voqealardagi muammolarni tahlil qilish, mohiyati va sabab –oqibatlarini anglash qobiliyatlari shakllantirish va rivojlantirishda ―interyu‖, ―SWOT - tahlil‖, ―Toifalash jadvali‖,"Tanqidiy tafakkur", ―FSMU‖ kabi uslublar muxim ahamiyat kasb etadi. ―Baliq skeleti‖ chizmasi, ―Qanday?‖ diagrammasi, ―Konseptual jadval‖, ―T‖-chizmalari, ―Venn‖ diagrammasi, ―Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi‖ uslublari Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlaridagi mavzularni samarali o‗zlashtirishda, fanga o‗quvchilarning qiziqishlarining ortishiga, ayniqsa ularda mustaqil fikrlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) darslarida interaktiv uslublardan foydalanishning samarasi yuqori bo‗lsa-da, o‗ziga xos muammolari ham mavjud. Bu asosan, o‗qituvchining mahoratiga bog‗liq. O‗qituvchi o‗zining darsini metodik jihatdan qanchalik to‗g‗ri tashkil qila olsa, uning samarasi shunchalik yuqori bo‗ladi. Aksari hollarda o‗qituvchilar darsning an‘anaviy uslublarini ma‘qul ko‗rishadi, darslarni noan‘anaviy uslublardan foydalanish ko‗nikmasi shakllanmagan yoki dars mashg‗ulotlarini samarali tashkil qilish uchun imkoniyatlari mavjud emas.
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) darslarini interaktiv uslubda tashkil qilish o‗qituvchidan ijodkorlikni, doimo o‗z ustida ishlashni, ilmiy yondoshuvni va mas‘uliyatni talab qiladi. Darslarni interaktiv uslubda tashkil qilish yuzasidan amaliy ko‗nikma shakllanib, rivojlanadi. Darslarni olib borish texnikasida o‗zining o‗ziga xos uslublarini shakllantira olish qobiliyati rivojlanadi.
O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish va umumiy o‗rta ta‘lim sifatini tubdan oshirish33 kabi vazifalar belgilangan. Bu vazifalarning amalga oshirilishi ta‘lim sifatini bugungi kun talabiga moslashuviga va har bir o‗qituvchining yuksak mahoratli bo‗lishini, ta‘limning sifat va samaradorligini tubdan oshirish imkoniyatini yaratadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling