O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet67/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Birinchidan, har bir o‗qituvchi o‗z mutuxasislik fani bo‗yicha chuqur bilimga va ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy va g‗oyaviy tomondan ham chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‗lishi;
Ikkinchidan, o‗zidagi ilmiy-nazariy bilimlarni o‗quvchi shaxsiga yetkaza olish uchun zamonaviy pedagogik va axborot-komunikatsion texnoligiyalarni amalda qo‗llay olish malakasiga ega bo‗lishi kabilardir.
Ta‘kidlash lozimki, mazkur talablar hozirda qaysidir ma‘muriy idora tomonidan qo‗yilayotgan va bajarilmay qolgan taqdirda qandaydir ma‘muriy choralar bilan bartaraf etilsa bo‗ladigan talablar emas. Aksincha bu talablar bugungi kun pedagogiga davr tomonidan qo‗yilayotgan, bajarilmay qolgan taqdirda uning zararli oqibatlari bir necha avlodni xayotini izdan chiqarib yuborishi mumkin bo‗lgan talablardir.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, aytadigan bo‗lsak, hozirda mazkur talablarni qay darajada tushunib yetmoqdamiz va ularga nechog‗lik amal qilmoqdamiz?
Kuzatishlar natijasiga ko‗ra mazkur savolga javob beradigan bo‗lsak hozirda ham ta‘lim muassasalarida yuqoridagi talablarni tushunib yetmagan yoki mazkur talablarga to‗la javob bera olmaydigan pedagoglarni borligi ma‘lum bo‗ladi. Aynan mana shunday pedagoglarning darslarida o‗qituvchi quruq axborot berish, matnlarni bayon qilish, tezroq yanada tezroq ma‘ruza o‗qish bilan ovvora bo‗lib qolmoqda. Dars jarayonida o‗quvchilarning yangiliklarni qabul qilish darajasi, har xil hoxish-istaklari va ularning darsga munosabati inobatga olinmagan holda aksincha, ularni quruq yodlatishga, qanday yo‗l bilan bo‗lsada baho olishga o‗rgatib qo‗yilmoqda. Asosiy muammo qo‗yilgan baholar bo‗yicha kimni yaxshiroq, kimni yomonroq deb aytishda emas, balki, qo‗yilayotgan baholar o‗quvchilarni maktab tashqarisida, real hayotda as qotadigan qobiliyatlarni rivojlantirishga undamasligidadir. O‗qituvchi tomonidan dars jarayonida shunga o‗xshash muammolarni keltirib chiqarilayotganligi real hayotda maktabni bazo‗r tugatgan yosh tadbirkor oliy ma‘lumotli sinifdoshidan bir necha barobar ko‗p pul topa olishi va yaxshi yashashi mumkinligi maktabdagi an‘anaviy ta‘limni kamchiliklarini ko‗rsatib qo‗ymoqda. Bu jarayon maktabni bazo‗r tugatgan yosh tadbirkor o‗z davrida ―yomon‖ o‗qigan bo‗lsada hayotida mustaqil fikrlashini saqlab qola olganligi, oliy ma‘lumotli sinfdoshi esa, maktablardagi an‘anaviy ta‘lim jarayonida ―a‘lo‖ o‗qib, o‗qituvchining gegomonligi sababli o‗zida mustaqil fikrlashni yo‗qotib borganligi bilan izohlanadi.
Shunday ekan, hozirgi shiddatli, axborotlashgan, murakkab davrda yashayotganligimizni xisobga olsak, bugungi kun aynan shu davrning murakkab vaziyatlarida yashash malakasiga ega bo‗lgan, o‗z mustaqil fikrga ega avlodni tarbiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun barcha fan ta‘lim tizimi xodimlari kasbiy va mafkuraviy jihatdan avvalo o‗z mutaxassisligini chuqur bilish va ayni vaqtda jahonda va mamlakatimizda bo‗layotgan ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy va g‗oyaviy jarayonlardan boxabar bo‗lib borish talab etilmoqda.
Bugungi kun ta‘lim tizimi xodimi yosh avlod ongi va qalbiga milliy g‗oyani singdirish uchun albatta axborot olish, uni qayta ishlash va ta‘lim-tarbiya jarayonida axborotni yoshlarga yetkazishda ishlatiladigan texnika va texnologiyalardan foydalanishni bilishi lozim. Hozirgi sharoitda axborot komunikatsion texnologiyalar sohasida ta‘lim tizimi xodimlari uchun qo‗yilayotgan minimal talablar quyidagilardan iborat:

  • Kompyuter va uning barcha qurilmalari (printer, skayner kabilar)dan mustaqil foydalana

olish;

olish;

  • Internet tarmog‗iga mustaqil kira olish va u yerdan ta‘lim-tarbiyaga oid materiallarni ko‗chira olish kabilardir.

Ta‘lim tizimi xodimlari mazkur bilimlarga ega bo‗lsalar ular o‗z faoliyatida axborot olish, uni qayta ishlash va dars jarayonida axborotni o‗quvchiga yetkazish ko‗nikma va malakalariga ega bo‗ladilar. Ta‘lim tizimi xodimlarini bunday ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari albatta darslarda milliy g‗oyani o‗quvchilarga singdirish jarayoni yanada jonlantiradi va uning ta‘sir quvvati yanada ortishiga olib keladi.
Har bir dars oldiga ta‘limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ya‘ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo‗lgan uch yoqlama maqsadlar qo‗yiladi. Zamonaviy darsni tashkil qilish shartli ravishda o‗qituvchi va o‗quvchilarning o‗zaro aloqalariga bog‗liq bo‗lib, bu jarayonda o‗quv materiallari, ta‘lim metodlari va axborot komunikatsion texnologiyalari ham asosiy rol o‗ynaydi. Darsni tashkil etishda o‗qituvchi rahnamoligida o‗quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Bunday darslarda o‗quvchiga obe‘kt emas, balki shu darsning ishtirokchisi – subekti sifatida qaralishi, har bir o‗quvchining individual hususiyatlarini xisobga olinishini ta‘minlab beradi. Darsning natijasini aniqlash ham avvalo har bir o‗quvchining indidual o‗zlashtirishidan kelib chiqqan holda guruhiy va jamoaviy natijalarni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta‘lim-tarbiya jarayonida o‗quvchilarga milliy g‗oyani singdirish uchun dars jarayoniga zamonaviy yondashuv, ya‘ni ta‘lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‗llash muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, ta‘limda o‗quvchilarga milliy g‗oyani singdirishdan ko‗zlangan asosiy maqsad ularni mustaqil fikrlovchi, sobit e‘tiqodli, vatanparvar, barkamol shaxs etib tarbiyalash ekan hozirgi kunda bu natijalarga ta‘limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‗llamasdan turib erishib bo‗lmaydi. Shunday ekan, hozirgi zamon Ta‘lim tizimi xodimlari o‗z faoliyatlari uchun zarur bo‗lgan, o‗quvchilarni fanga bo‗lgan qiziqishlarini oshiruvchi, darsning maqsadiga erishishni ta‘minlab beruvchi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o‗rganishi hamda ularni amalda qo‗llay olish ko‗nikma va malakalariga ega bo‗lishlari lozimdir.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling