O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
2-masalaning bayoni: Milliy g‗oya va ma‘naviyatning tarixiy ildizlari uzoq o‗tmishga borib taqaladi. Aslida ma‘naviyat ta‘limi mustaqillikdan so‗ng joriy etilayotgan bo‗lsada, insonlarning bilimi, ma‘rifati va ma‘naviyatini yuksaltirish masalasi kishilik jamiyati paydo bo‗lganidan beri davom etmoqda yoki dastlab og‗zaki tarzda, so‗ng yozuv paydo bo‗lganidan boshlab esa turli manbalar asosida avloddan – avlodga o‗tib kelmoqda.
Dastlabki yozma manbalarda, jumladan, «Avesto»da «ezgu fikr, ezgu so‗z, ezgu amal» zardushtiylik axloqining asosiy qoidasi bo‗lsa, ―Qur‘oni karim‖ va Hadisda yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat, bilimlilik inson uchun qanchalik zarurligi alohida o‗rin tutadi. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom al - Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‗bek, Alisher Navoiy, jadid ma‘rifatparvalik harakati namoyandalari Mahmudxo‗ja Behbudiy, Abdulla Alvoniy, Abdurauf Fitrat, Cho‗lpon kabi mutafakkir zotlarning asarlarida ma‘naviyat, ma‘rifat masalalari, komil insonni tarbiyalash haqida ajoyib fikrlar mavjud. Jadidlar o‗z davrida o‗qitish texnologiyasi, bolalarga mavjud bilimlarni qanday yetkazish masalasiga alohida e‘tibor qaratadi. Xalq pedagogikasiga suyangan ilg‗or ziyolilar milliy an‘ana va urf odatlarimizga mos keluvchi yangi usuldagi jadid maktablari tashkil etish g‗oyasini ilgari suradilar. Ayni paytda ular bu maktablar rus tuzem maktablaridan farq qilishi zarurligini ta‘kidlaydilar. O‗quvchining fikrlashi, tafakkuri o‗z ona tili orqali amalga oshirilishi kerakligi, shuningdek, diniy aqidalar qatorida dunyoviy fanlar ham o‗qitilishi zarurligini uqtirishadi. Jumladan, Abdulla Avloniyning «Insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidur. Biz esa avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi – beruvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o‗zlari ilmlariga omil bo‗lib, shogirdlarga ham bergan darslarni amal ila chokushtirib o‗rgatmoqlari lozimdur». O‗rta asr Sharq allomalari o‗z asarlarida inson faoliyatining ikki turi haqida fikr yuritadi. Bu – mehnat va bilish faoliyatidir. Ularning fikricha, «bilim – bu biluvchining qalbidagi bilinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o‗qitish va o‗zlashtirishsiz bilim bo‗lmaydi. O‗qitish – bu qalbdan chiqadigan, qalb uchun dolzarb ichki bilishga asoslangan etiqod. Bilimlarni o‗zlashtirish – bu bilim shakllarini qalbdan idrok etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama qabul qiladi: birinchidan, his qilish orqali; ikkinchidan, dalillar orqali; uchinchidan, fikr yuritish va mushohada qilish orqali». Kaykovusning «Qobusnoma» asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha yoziladi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo‗lsang, aqldan boy bo‗lmoqqa say ko‗rguzgilki, mol bila boy bo‗lg‗ondan, aql bila boy bo‗lg‗on yahshiroqdir. Neydinkim, aql bila mol jam etsa bo‗lar, ammo mol bila aql o‗rganib bo‗lmas. Bilg‗il, aql bir moldirki, uni o‗g‗ri ololmas, u o‗tda yonmas, suvda oqmas». Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling