O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
2-masalaning bayoni: Milliy g‗oya va ma‘naviyat faqatgina nazariy tafakkur natijasi emas, ular har bir shaxsning ma‘naviy e‘tiqodida, amaliy faoliyatida namoyon bo‗lishi bilan birga ma‘naviy hayotni yuksaltiruvchi omil hamdir. Milliy g‗oya ta‘limi milliy tarbiya an‘analariga katta e‘tibor bergan holda yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirib, ulardagi vatanparvarlik, milliy iftixor, millatparvar tuyg‗usini qadriyat darajasiga ko‗tarib beradi.
Milliy g`oya, ma‘naviyat turkumiga kiruvchi fanlarda milliy ong, milliy o‗zlikni anglash va milliy mentalitet etakchi o‗rin egallaydi. Milliy ong bo‗lmasa, u rivojlanmasa, millat o‗zligini anglamasa, u kim, qaerdan kelib chiqqan, ildizlari nimalar bilan bog`liqligi kabi tuyg`ularga ega bo‗lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa, milliy goya ham sayozlashib boraveradi. Millat o‗zining turmush va hayot kechirish jarayonida o‗z millatiga xos bo‗lgan udumlar, urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarni o‗zlashtirishga intilsa hamda unga amal qilsagina milliy g`oyalar uyg`onib, rivojlanib, takomillashib boraveradi. Chunki, milliy ong va milliy o‗zlikni anglash milliy g`oyaga turtki beradi, uni shakllantiradi va milliy taraqqiyotga ruhiyat bag`ishlab ―uni harakatga‖ keltiradi. Shuning bilan birga milliy ong va o‗zlikni anglashning rivojlanishi milliy g`oya imkoniyatlarini kengaytirib turadi. Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo‗lib, u millatning o‗ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo‗lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo‗nalishlarini belgilash kabilarga o‗zining ta‘sirini o‗tkazib turadi. Milliy g`oya milliy o‗ziga xoslikni saqlab turish va milliy manfaatlarni amalga oshirish, milliy istiqbolini belgilash uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki u, millat vakili bo‗lgan har bir shaxsning dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o‗z ifodasini topadi. Millat vakillarining aksariyat ko‗pchilik qismini milliy g`oyasi mustahkam bo‗lgan insonlar tashkil qilgan sharoitdagina milliy manfaatlar uchun umummilliy xarakat vujudga keladi. Xuddi mana shu umummilliy xarakatni vujudga keltirish-milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri; ikkinchidan, uning millat vakillarida vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi tuyg`usini uyg`otish, uni ko‗z qorachig`iday himoya qilish kerakligini tushunib etishga ta`sirini o‗tkazish; milliy g`oya har bir millat vakilida uning avlod-ajdodlari ana shu zaminda dunyoga kelgan, uning huzur-halovatidan bahramand bo‗lgan, undan ilhom, zavq-shavq olgan va qo‗nim topganligidan xabar berib turadi. Bu o‗z navbatida o‗z ona zaminiga mehr-muhabbatini mustahkamlaydi; uchinchidan, milliy g`oya tarixiy xotirani mustahkamlaydi va uning takrorlanmas imkoniyatlaridan manba sifatida turtki (zaryad), ilhom olib turadi. Biz umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi va umumbashariyatni birlashtiruvchanligi haqida gapirmaylik, baribir uning ildizlari, zaminlari millatning tarixiy xotirasi, merosi va asrlar davomida to‗plagan hayotiy tajribalari bilan bog`liq ekanligini nazarda tutishimiz lozim bo‗ladi. Xuddi mana shu jarayonda milliy g`oyaning o‗rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo‗lib turadi. ―Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi‖ bakalavriat yo‗nalishining tashkil etilishidan ko‗zlangan maqsad ham yoshlarni ana shunday ezgu g‗oyalar bilan tarbiyalab voyaga yetkazishdir. Ushbu yo‗nalishda ―Umumiy psixologiya‖, ―Umumiy pedagogika‖, ―Milliy g‗oya , ma‘naviyatning pedagogik asoslari‖ fani bilan bir qatorda, ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖, ―Etnomadaniyat‖, ―Globallashuv asoslari‖, ―Geosiyosat asoslari‖, ―Ma‘naviyatshunoslik‖, ―Milliy g‗oya targ‗iboti texnologiyalari‖, ―Dunyo dinlari tarixi‖, ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi‖, ―Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi fanlarini o‗qitish metodikasi‖, ―Ijtimoiy falsafa‖, ―Dvlat va huquq tarixi va nazariyasi‖, ―Huquq sohalari‖, ―Jahon siyosiy ta‘limotlar tarixi‖, ―Ekstremizm, tarixi va mohiyati‖, ―Umumta‘lim fanlarini kasbga yo‗naltirib o‗qitish metodikasi‖, ―Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti‖, ―Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi fanlarini o‗qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar‖, ―Soliq huquqi‖, ―Ijtimoiy ta‘minot huquqi‖, ―Hayot faoliyati va xavfsizligi‖ kabi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‗qitiladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling