O‗quv-uslubiy majmua


Asosiy va qо„shimcha о„quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar


Download 0.96 Mb.
bet5/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Asosiy va qо„shimcha о„quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar:



Muallif

Adabiyot nomi

Adabiyot turi

Nashr yili

Adabiyot ning
ARM dagi shifri

ARM
dagi soni

Adabi yotning
ARM dagi inventar raqami

1


Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

Metodik qo‘llanma

T.: Yangi asr avlodi,20 01 yil.

66.3
(5Uz)

380

U-5689

2

Ergashev I tahriri ostida

Milliy istiqlol g‗oyasi

O‗zbekiston
Respublikasi
Oliy ta‘lim

T.:Akade miya,
2005 yil.

66.3
(5Uz)

60

U-6296










bakalavriat bosqichi uchun darslik













3

Nazarov Q.
tahriri ostida

Milliy g‗oya: targ‗ibot texnologiyalari va atamalar lug‗ati

O‗quv qo‗llanma

T.:Akade miya,
2007 yil.




4

Xoliqov I.,
Sobirova M .,
Masharipova G

―Ma‘naviyat asoslari‖ fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‗qitish.

O‗quv uslubiy qo‗llanma

T.:
TDPU,
2013.




5

Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N.

Bo‗lajak o‗qituvchining loyihalash faoliyati.

Metodik qo‗llanma.

T.:
TDPU,
2014.




6

Tohiriyon A., Sobirova M., Zamonov Z.

Milliy g‗oya turkumiga kiruvchi fanlarni o‗qitishda interfaol ta‘lim metodlaridan foydalanish bo‗yicha uslubiy tavsiyalar

O‗quv uslubiy qo‗llanma.

T.: RTM, 2017




Qo„shim cha adabiyotlar

  1. Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir // Xalq so‘zi. 2016 yil 2 noyabr.

  2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Xalq so‘zi 8 dekabr 2016 yil. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma‘ruzasi.

  3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak // Xalq so‘zi 15 yanvar 2017 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi.

  4. Mahkamov U.I. Ta`lim oluvchilarning ahloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. -T.: FAN, 1995.

  5. Ziyomuxammedov B. Komillikka eltuvchi kitob. ―Turon-iqbol nashriyoti‖, Toshkent, 2006.

  6. Maxkamov U. Axloq-odob saboqlari. T. 1994.

  7. Ismailova Z.I. Ta`limiy ish metodikasi. T. 2003.

Internet saytlari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. Ziyonet. uz

  3. www. edu. uz

  4. www. ma‘naviyat. uz

  5. www.bilim.uz.

FANNNIG
NAZARIY
MATERIALLARI
1-mavzu: “MILLIY G„OYA, MA'NAVIYATNING PEDAGOGIK ASOSLARI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI” mavzusidagi ma‟ruza bayoni Reja:

    1. Mustaqillik sharoitida milliy g‗oya va ma‘naviyatga doir fanlarning ta‘lim tizimiga joriy etilishi.

    2. ―Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi‖ bakalavriat ta‘lim yo‗nalishida o‗qitiladigan milliy g‗oya va ma‘naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar.

    3. ―Milliy g‘oya, ma‘naviyatning pedagogik asoslari‖ fanining maqsad va vazifalari

1-masalaning bayoni: Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko‗pdan-ko‗p davlatlar asrlar davomida to‗plangan tajriba va demokratik an‘analarni rivojlantira borib yetib kelgan. Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Lekin bu go‗zal orzuga erishmoq uchun tinimsiz intilish jamiyat hayotining barcha sohalarini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‗rganib, o‗z zaminimizga tadbiq etishimiz lozim.1 Shu bilan birga milliy o‗ziga xosligimizni asrlar sinovidan o‗tgan an‘analarimizni, hamisha iymon-e‘tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, yuksaltirib borishimiz zarur. Shu o‗rinda g‗oya va mafkura nima degan savolga javob berib o‗tish o‗rinli.
G„oya – bu voqelikni aks ettirish va ilmiy bilishning o‗ziga xos shakllaridan biri bo‗lib, inson tafakkurining mahsuli hamda, inson va jamiyatni ma‘lum bir maqsad sari yetaklovchi umumiy fikrlar yig‗indisidir. G‗oyalar mohiyatan ikki turga bo‗linadi: bunyodkor va vayronkor g‗oyalar. Shuningdek g‗oyalar mazmunan ilmiy, falsafiy, badiiy axloqiy, diniy va shu kabi shakllarga bo‗linadi. Sog‗lom va nosog‗lom, ezgu hamda yovuz bunyodkor yoki buzg‗unchi g‗oyalar bo‗lishi mumkin. G‗oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‗lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e‘tiqodiga aylanib, e‘tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruviyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‗oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy – akliy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maksadga yo‗naltiradi, safarbar etadi. Ularni jipslashtiradi, hamjihat va hamkorlikka undaydi.
Har qanday g‗oya ijtimoiy harakterga ega. Muayyan g‗oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma‘lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi.
Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‗zida mujassam etadigan g‗oyalar tizimidir. Mafkura tushunchasi arabchadagi «muffakir» «muffakiratun» so‗zlaridan olingan bo‗lib, chuqur ma‘noli, teran mazmunli fikr demakdir.
Mafkura tushunchasini ta‘riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‗atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta‘riflar shakl va mazmun jixatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‗oyalar majmuidir, - deb ta‘rif beriladi.
Har qanday nazariya yoki ta‘limot bir tizimga solingan g‗oyalar majmuidan iborat bo‗ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch e‘tiqodning asosini xam g‗oyalar tashkil etadi. Xalqimizning eng oliy maqsadlarini, ularning orzu-istaklarini aks ettirishda, ularga erishish yo‗lida jamiyat a‘zolarini birlashtiradigan, ularni kuch-g‗ayratlarini ana shu maqsadlarini safarbar etishda milliy g‗oyaning va milliy mafkuraning o‗rni benihoya kattadir. Zero, ―milliy g‗oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‗tib, asrlar davomida e‘zozlab kelayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma‘naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta‘bir joiz bo‗lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu – intilish va umid – maqsadlarini o‗zimizga tasavvur qiladigan bo‗lsak, o‗ylaymanki, bunday keng ma‘noli tushunchaning mazmun – mohiyatini ifoda qilgan bo‗lamiz‖2.
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ustunlik darajasiga erishgan va g‗oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda milliy g‗oya ta‘limining rolini oshirib borish va uni ma‘naviy hayotni yuksaltirishga safarbar etish mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatda alohida o‗rin tutmoqda. Milliy g‗oyamizning jamiyat ma‘naviy hayotini yuksaltirishdagi roli kundan-kunga ortib bormoqda.
Milliy g‗oya jamiyat ma‘naviy hayotini yuksalib borish zamini bo‗lish bilan birga u ma‘naviyatimizni ezgu maqsadlar yo‗lida yengilmas kuchga aylanishini ta‘minlab beradi.
Milliy g‗oyasiz va yuksak ma‘naviyatsiz odamlar, jamiyat va davlat yo‗lini yo‗qotadi. Milliy g‗oya jamiyatni yuksaltirish va ma‘naviy yetuklikka erishishi yo‗lidagi, jamiyat a‘zolarini Oliy maqsadlar sari yetaklab boruvchi bayroq misolidir. Milliy g‗oya xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyatning har bir a‘zosini ma‘naviy kamolotga erishishini ta‘minlab beradi. Milliy g‗oya jamiyatning har bir a‘zosini yuksak ma‘naviyat belgilaridan hisoblangan vatanparvarlik, fidoyilik singari fazilatlarini shakllantirib beradi. Ularni Ozod va obod Vatanni yaratish yo‗liga safarbar etadi. Milliy g‗oya ma‘naviy hayotini yuksaltirish yo‗lidagi olijanob vazifalarni bajarish bilan birga jamiyatning har bir a‘zosida ertangi farovon hayotimizga ishonchni shakllantirib beradi. Yuksak ma‘naviyatni shakllantirish yo‗lida, mamlakatimiz kuch-qudratini oshirish yo‗lidagi xizmat qiladigan milliy g‗oya haqida gapirib O‗zbekistonning birinchi PrezidentiI.A. Karimov shunday degan edi: «… u Vatanimizning shonli o‗timishi va buyuk kelajagini uzviy bog‗lab turishga, o‗zimizni ulug‗ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‗l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da‘vat qiladigan g‗oya bo‗lishi kerak»3
Milliy g‗oya jamiyatimiz a‘zolarini bosh g‗oyasi bo‗lgan Ozod va obod Vatanni yaratish, erkin va farovon yashash orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalab boradi.
Milliy g‗oya ma‘naviy hayotni yuksaltirishga xizmat qiladigan fazilatlarni shakllantirib berish bilan birga turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar o‗rtasidagi hamkorlikni, millatlararo totuvlikni va umumtaraqqiyot yo‗lidagi jipslashuvni ta‘minlab beradi. Milliy g‗oya O‗zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning tilidan, e‘tiqodidan jinsidan qat‘iy nazar barcha O‗zbekistonliklarning manfaatlarini ifodalay bilishi kerak. Milliy g‗oya har bir shaxsning o‗zligini erkin namoyon etishga, ma‘naviy kamolotga erishish yo‗lida shart-sharoit bo‗lib xizmat qilishi lozim. Milliy g‗oya va ma‘naviyat turkumiga kiruvchi fanlar ma‘naviy hayotini yuksalishiga to‗siq bo‗luvchi turli illatlarning oldini olishda katta ahamiyatga egadir. Milliy g‗oyaning jamiyat hayotini yuksaltirishga xizmat qiladigan yetuk avlodni tarbiyalab berishdagi o‗rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun ham milliy g‗oyaning asosiy vazifalaridan biri barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalashdir.
Bugungi kunda jamiyat a‘zolarini ayniqsa O‗zbekistonning kelajagi bo‗lgan yoshlarni ongi va qalbini zaharlashga intilayotgan, jamiyatimizning ma‘naviy hayotini parokandalik holatiga tushirishga harakat qilayotgan ma‘naviy tahdidlar mavjuddir. Mana shunday ma‘naviy tahdidlarning oldini olishda Milliy g‗oya katta rol o‗ynaydi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi ―Ma‘naviy –ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bochqichga ko‗tarish to‗g‗risida‖gi PQ№3160 sonli qarorida qayd etilganidek, ―bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‗payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda‖4.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling