O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet15/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

3-masalaning bayoni: Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa xarakterda namoyon bo‗ladi, degan edi buyuk mutafakirlardan biri. Demak, insonning insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur darajasi bo‗lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, miqyosi va ko‗lamiga baho beruvchi bosh mezon xatti-harakati, hayotga va atrof muhitga munosabati, o‗z-o‗zini boshqarishdagi ichki qudratdir. Ana shu ichki qudratga tayangan xalq Sharqning diyonat, or-nomus, sharm-hayo kabi fazilatlarni asrlar mobaynida oliy qadriyat sifatida avaylab-asrab kelmoqda. Ularni milliy istiqlol g‗oyasi orqali yoshlar ongi va qalbiga singdirishning ahamiyati nechog‗li ekanligini anglash muhim. Bu har bir yoshga o‗ziga xos mas‘uliyat yuklaydi hamda shularga o‗xshagan va shunga harakat qilayotgan yoshlarning yangi avlodi yetishib chiqishiga olib keladi.
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo‗lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, ko‗rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o‗zgartirishga, fikriga ta‘sir qilishga yo‗naltirilgan. Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta‘sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo‗poruvchi ta‘siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‗ibotni tashkil etish muhim sanaladi. chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi.
Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‗otish, tirishqoq va serg‗ayrat shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‗zi ustida qunt bilan ishlashga o‗rgatish, unda o‗ziga ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz. Shuningdek, milliy g‗ururi baland, mas‘uliyat va burch hissiga ega, intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi o‗z qo‗lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berish zarur. Inson mafkurani hayotdan uzilib qolgan, begona va mavhum narsa sifatida tushunmasligi kerak. Milliy g‗oyani oddiy va yurakka yaqin g‗oyalar orqali singdirish, ya‘ni milliy g‗oyaning inson ongidan o‗rin olishi bilan qanoatlanmay, balki uning qalbiga jo qilish zarur. Bu sohada amalga oshiriladigan ishlar o‗zining samarasini berishi shubhasiz.
Milliy g‗oya va ma‘naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning o‗qitilishini yanad takomillashtirish zarurligining sabablaridan biri, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat‘iy nazar, uning real subekt, ma‘lum moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste‘molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‗ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‗zining mustaqil o‗rniga ega bo‗lishi kabi omillarni, ya‘ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‗tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Ma‘naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish zarurati shundaki:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling