O‗quv-uslubiy majmua


Ma‟naviy –axloqiy yo„nalish


Download 0.96 Mb.
bet23/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

1. Ma‟naviy –axloqiy yo„nalish – Milliy g‗oya va ma‘naviyat haqida ta‘lim berish orqali yoshlarga axloqiy tarbiya ham berib boriladi. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib etishuvini ta‘minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o'zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va meyorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri-qanday yashamoq kerak, ikkinchisi –nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim.Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko‘rinishidir. Axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ana shu vositalardan biri milliy g‗oya ta‘limini yanada takomillashtirishdir.
2.Ta‟limiy, huquqiy-meyoriy yo„nalish – Milliy g‗oya, ma‘naviyat turkumiga kiruvchi fanlar orqali yosh avlodga insoniyat tarixi – g‗oyalar tarixi ekanligi, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomidagi barcha yirik voqea-hodisalarning tag-zamirida u yoki bu g‗oya yotishi, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, xalq, davlat yoki jamiyatning ehtiyojlarini, maqsadmudaolarni, orzu-intilishlarin o‗zida mujassam etuvchi g‗oyalar tizimi sifatida namoyon bo‗ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisi ekanligi, bunyodkor va vayronkor g‗oyalarning mohiyati, farqi, milliy g‗oyaning mazmun va mohiyati, milliy g‗oya ta‘limi shakllanishining meyoriy-huquqiy asoslari haqida nazariy ta‘lim berib boriladi.
3.Madaniy-ma‟rifiy va iqtisodiy-siyosiy yo„nalish – Milliy g‗oya va ma‘naviyat orqali yoshlarning madaniy-ma‘rifiy sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohatlari, bu sohada ko‗zga tashlanayotgan muammolar haqidagi bilim va tasavurlari doirasi kengayadi. Milliy g‗oya eng avvalo ma‘rifiy yo‗l bilan fuqarolar, shu jumladan, yosh avlod ongi va shuuriga singdiriladi. Milliy g‗oya ta‘limining shakllanishi va rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy-siyosiy hayoti bilan chambarchas bog‗liq ekanligi tahlil etiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling