O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
3-masalaning bayoni: Prezidentimizning ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ma‘naviyat-insonning ulg‗ayishi va kuch qudrat manbai ekanligi, shu sababligi, ma‘naviyatni to‗g‗ri anglash zarurligi, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar mavjudligi, ma‘naviy va moddiy hayotining uyg‗un bo‗lishi hamda ta‘lim va tarbiyaning uyg‗unligi haqida ajoyib nazariy va amaliy fikrlar mavjud.
Aslida ta‘lim va tarbiya uyg‗unligi tamoyilining o‗zi milliy g‗oya tamoyillari bilan nihoyatda uyg‗un. Milliy g‗oyamizning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat: tarixiylik, zamonaviylik umumbashariylik mintaqaviylik - milliylik ilmiylik, ya‘ni dunyoviy bilimlar va qarashlarga asoslanganligi. Milliy g‗oyaning umumiy tamoyillaridan biri bo‗lgan tarixiylik tamoyili ijtimoiy voqealar rivojining davomiyligini, tarix va bugun o‗rtasida uzilish bo‗lib qolmasligini e‘tirof etadi. Zamonaviylik tamoyili esa uning davr ruhiga mos bo‗lishi, o‗zgarishlar jarayonining asosiy yo‗nalishlari va davr yangiliklarini o‗zida aks ettirish xususiyatiga asoslanadi. Umumbashariylik tamoyili dunyo davlatlarining hamkorligi, barcha xalqlar, millat va elatlarga xos rang-baranglikning uyg‗unligi kabi omillarga asoslanadi. Umumbashariylik mamlakatlarning o‗zaro tengligi, birbirining ichki ishlariga aralashmaslik, xalqlarning o‗z huquqini o‗zi belgilash kabi tamoyillarga asoslanadi. Mintaqaviylik tamoyili muayyan hududni tarixiy makon tutgan bir necha millat va xalqlarning mushtarak va o‗xshash etnik hududiy xususiyatlari, urf-odatlari va mentalitetiga asoslanadi. Milliylik tamoyili xalqimizning milliy etnik qadriyatlari, ma‘naviy merosi va buyuk ajdodlarimiz yaratgan asarlar «Avesto», «Temur tuzuklari», «Zafarnoma»(Sharofiddin Ali Yazdiy), «Xamsa»(Alisher Navoiy), «Boburnoma»(Zahiriddin Muhammad Bobur) kabi ma‘naviy, siyosiy, mafkuraviy qadriyatlarda o‗z aksini topadi. Shu bilan birga milliylik tamoyili turmush tarzimizda, ma‘naviy qiyofamizda, o‗zligimizni asrashda, milliy davlatchiligimiz an‘analarini tiklashga asoslanadi. Mafkuraning ilmiylik tamoyili uning fan yutuqlari va xulosalari, ijtimoiy bashoratlarga, sotsiologik tadqiqotlarga asoslanganligida namoyon bo‗ladi, dunyoviylik tamoyili esa mazmunan na diniy, na sinfiy, na partiyaviy, na millatchilik va na irqchilik g‗oyalariga asoslanadi, balki, mamlakatning kelajakka ishonish ruhi, xalqning bag‗rikengligi, ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va kishilarning ma‘naviy komilligi bilan bog‗liq umuminsoniy dunyoviy g‗oyalarga tayanadi. Mafkuraning dunyoviy bilimlarga asoslanishi uning ikki mushtarak tamoyilini taqozo qiladi: Bu mafkurada nazariya va amaliyotning birligi tamoyilidir. Milliy g‗oya milliy va umuminsoniy tamoyillarga rioya qilgan holda shakllanadi va xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi: xalqimiz hayotida jamoa bo‗lib yashash ruhining ustunligi; jamoa timsoli bo‗lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligidir; ota-ona, mahalla-kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat-e‘tibor; millatning o‗lmas ruhi bo‗lgan ona tiliga muhabbat; kattaga hurmat va kichikka izzat; mehr-muhabbat, go‗zallik va nafosat,hayot-abadiyligining ramzi – ayol zotiga ehtirom; - sabr-bardosh va mehnatsevarlik; - halollik, mehr-oqibat. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling