O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
ANNOTASIYa
2020 yili Butun dunyoda Covid-19 infekstiyasining shiddatli tarqalishi yuz berdi. Qisqa muddat ichida Osiyo, Amerika, Evropa, Afrika, Avstraliya qit’alarida ushbu infekstiyaning pandemiyasi kuzatildi. Covid-19 infekstiyasi O’zbekistonni ҳam chetlab o’tmadi. Ushbu infekstiya O’zbekistonda 2020 yil mart oyidan boshlab ro’yxatga olina boshladi. Covid-19ning birinchi aniqlanishi va tarqalishi Xitoy Xalq Respublikasida 2019 yil dekabr oyida sodir bo’ldi. Ushbu infekstiyaning epidemik o’chog‘i XXR Uxan shaҳrida (Xubey provinstiyasi) qayd qilindi. 2020 yil 11 fevralida Butun dunyo viruslarni taksonomik nomlash markazi Covid-19 infekstiyasining qo’zg‘atuvchisiga SARS-COV-2 deb nom berdi. 11 fevral 2020 yili Butun jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ushbu yuqumli kasallikka Covid-19 (coronavirus disease 2019) nomini berdi. Yangi Covid-19 sog‘liqni saqlash vazirligi, sanitariya epidemiologiya xizmati, barcha toifadagi shifokorlar, ҳamshiralar oldiga ushbu kasallikka tashxis qo’yish uni davolash va profilaktikasi borasida muҳim vazifalarni echish muammosini qo’ydi. Ҳozirgi kunda Covid-19ning epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, laboratoriya tashxisi borasida dunyo olimlari, etakchi mutaxassislar va tajribali shifokorlar tomonidan izchil o’rganishlar qilinayapti ammo bu borada ҳozirgacha aniq ma’lumotlar yo’q. Dunyo miqyosida olimlar, mutaxassislar, shifokorlar ҳozirgi kunda Covid-19 borasida yangi-yangi ma’lumotlar taqdim qilib turibdi. O’quv-uslubiy qo’llanma Butun dunyoda ushbu mavzu bo’yicha adabiyot manbalarida chop etilgan ma’lumotlar taҳliliga va o’zbekistonlik olimlar - virusologlar, epidemiologlar, infekstionistlar, reanimatologlar, pulmonologlar, gematologlar va boshqa mutaxassislarning Covid-19 tashxisi, uni davolash va profilaktikasi borasidagi amaliy tajribalari ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi. Covid-19 bilan Butun dunyoda va O’zbekistonda kasallanish dinamikasi, O’zbekistondagi koronavirusga qarshi kurash markaziy shtabi epidemiologik monitoring bo’limi epidemiolog vrachi Aziz Nishonov taqdim etgan rasmiy ma’lumotlar asosida taҳlil qilindi. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma infekstionistlar, epidemiologlar, pulmonologlar, reanimatologlar, gematologlar, oilaviy shifokorlar, tibbiyot oliygoҳlari talabalari, magistrlari, klinik-ordinatorlari va ҳamshiralar uchun mo’ljallangan. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling