O’lim darajasining epidemiologik nazorati
Shifoxonalarda Covid-19 tufayli sodir bo’lgan o’limlar soni ҳaqida ҳar kuni xisobot beriladi. Boshqa muassasalarda, uy sharoitida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan o’lim ҳolatlari ҳaqida ҳar kuni, ҳech bo’lmaganda ҳar ҳaftada axborot berilishi lozim.
Shifoxonalarda va shifoxonalardan tashqarida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan o’limlar ҳaqidagi axborotda bemorning yoshi, jinsi va o’lgan joyi ko’rsatilishi kerak.
Serologik epidemiologik nazorat
Ma’lum guruҳ aҳolini maxsus serologik usullar yordamida tekshirib, ulardagi antitelolar darajasini aniqlash, ushbu guruҳ aҳolisi orasida SARS-Cov-2 virusi bilan zararlanganlar ulishini aniqlashga yordam beradi. Doimiy o’tkaziladigan serologik epidemiologik nazorat butun aҳoli orasida yoki aҳolining ma’lum guruҳlarida(masalan ma’lum bir yoshdagi aҳoli guruҳlari orasida) kasallikning tarqarganlik darajasini baxolashga yordam beradi
COVID-19 INFEKSIYaSINING
KLINIKASI
COVID-19 o’ta kontagiozli, o’tkir respirator, virusli infekstiya bo’lib, umumiy intoksikastiya, yuqori va quyi nafas yo’llarining yallig‘lanishi, respirator belgilar, isitma, laringo-traxeit, bronxit, bronxiolit, total pnevmoniya bilan kechadigan, o’lim beradigan og‘ir yuqumli kasallik ҳisoblanadi.
Kasallik davrlari:
1. Inkubastion davr
2. Xastalikning boshlanish davri
3 Nafas yo’llarining yallig‘lanishi davri (avj olgan davr)
4. Asoratlar davri (pnevmoniya-zotiljam)
5. Tuzalish davri
6. Rekonvalesstent davri.
Yashirin davri odatda 2-14 kun bulib o’rtacha 5-7 kunni tashkil etadi.
Covid-19 o’tkir respirator virusli infekstiyalarga xos bo’lgan klinik belgilar bilan kechadi:
Tana xaroratining ko’tarilishi (>90%) ҳolatlarda;
Yo’tal (quruq yoki kamroq balg‘amli) 80% ҳolatlarda;
Ҳansirash (odishka) 30% ҳolatlarda ;
Charchoq ҳis qilish 40% ҳolatlarda;
Ko’krak qafasining siqilishi seziladi (>20%);
Shu bilan birga tomoqda og‘riq, burun bitishi, xid bilan ta’m bilish qobiliyatining pasayishi yoki yo’qolishi, kon’yuktivit belgilari ҳam kuzatilishi mumkin. Kasallikni yuqtirgandan 6-8 kunlari nafas olish juda qiyinlashadi.
Bemorlarda kasallikning dastlabki kunlarida mushak og‘rig‘i, mialgiya (11%), bosh og‘rig‘i (8%), qon tuflash (2-3%), ich ketishi (3%), qusish, yurak urishining tezlashuvi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |