Covid-19 infekstiyasini davolash
Covid-19 infekstiyasini davolash kompleks ravishda olib boriladi. Avvalam bor bemorlar Covid-19 infekstion klinikalariga tez fursatda yotqiziladi. Bemorlarga yotoq rejimi, dieta, sanitariya-epidemiologik rejim o’rnatiladi.
Bemorlarga etiotrop, patogenetik, simptomatik davolash o’tkaziladi. Davolanish rejasi individual (ҳar bir kasalga aҳvoliga qarab, klinik varianti, og‘irligi, kasallik davri, yoshi, yondosh kasalliklari bor-yo’qligi, dori-darmonlarga bo’lgan ta’sirchanligiga qarab) olib boriladi.
Davolashdan asosiy maqsad: viruslarni organizmdan tezda chiqib ketishi, kasallikning o’pkagao’tishining, asoratlariningoldini olish, organ va tizimlarning tez tiklanishiga qaratiladi.
Covid-19 pandemiyasi boshlangandan buyon, bemorlarni davolash protokoli bir necha marotaba o’zgardi. Ҳozirgi kunda O’zbekistonda davolash protokolining 8-varianti qo’llanilmoqda.
Katta yoshdagilar uchun tavsiya etiladigan davolash sxemasi
Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlarni quyidagicha davolanadi:
Sink preparati-100mg kuniga 1 maҳal- 10 kun;
D vitamini 2000-5000 ME, emizuvchi ayollar uchun 4000-5000 ME;
S vitamini – 300-500 mg/sut;
Suyuqlik qabul qilish - 1 kg tana vazniga 40 ml/sut (masalan, 70 kg og‘irlikka -2800 ml);
Bir kunda 4-5 marta ovqatlanish;
Engil jismoniy mashqlarni bajarish;
10 kun davomida kasallik belgilari paydo bo’lmasa o’zini–o’zi aloxidalashni to’xtatish mumkin.
Kasallikning oldini olish maqsadida:
Gidroksixloroxin – 200 mg ҳaftada 1 marta 2 ta tabletka, jami 2 ҳafta xamda 8 ҳafta kasallik o’chog‘ida ishlaydiganlar uchun, shu jumladan tibbiyot xodimlariga ҳam;
Xloroxin 250 mg ҳaftada 1 marta 2 ta tabletka, jami 2 ҳafta xamda 8 ҳafta kasallik o’chog‘ida ishlaydiganlarga, shu jumladan tibbiyot xodimlariga
Ҳomilador ayollarga, bolalarga va yurak qon tomir tizimi xastaliklari bor shaxslarga tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |