O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet15/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Covid-19ning klinik shakllari.

  • O’RVI (faqat yuqori nafas yo’llari shikastlanishi;

  • Pnevmoniya (nafas etishmasligi alomatlari yo’q);

  • O’tkir respirator distress sindromi (o’tkir nafas etishmasligi bilan kechuvchi pnevmoniya);

  • Sepsis, septik infekstion-toksik shok;

  • DBCsindromi, tromboz va trombo emboliya.

Gipoksimiya (saturastiya –SPO2<88%) 30%dan ko’proq bemorlarda kuzatiladi.
Kasallikning og‘ir yoki engil kechishiga binoan Covid-19 tasnifi.
Engil shakli

  • Tana ҳarorati 38 darajadan past, yo’tal, ҳolsizlik, tomoqda og‘riq.

O’rtacha og‘irlikdagi shakli

  • Tana ҳarorati 38 darajadan yuqori

  • Nafas olish tezligi bir daqiqada 22 tadan ko’p

  • SPO2<93%

  • Jismoniy ҳarakatda ҳansirash (odishka)

  • Kompyuter tomografiyada (rentgen tekshiruvida) o’pkada, virusli kasalliklarda kuzatiladigan o’zgarishlar bo’lishi (jaroҳat ҳajmi kamroq yoki o’rtacha, KT 1-2)

  • SPO2< 95%

  • Qon plazmasidagi SRB>10mg/l

Og‘ir shakli

  • Nafas olish tezligi bir daqiqada 30 tadan ko’p

  • SPO2<93%

  • PaO2/Fi 02<300ml simob ustuni

  • Es ҳushning pasayishi

  • To’rg‘un bo’lmagan gemodinamika (qon bosimi 90/60dan kam, siydik ajrlishi soatiga 20ml.dan kam )

  • Kompyuter tomografiyada (rentgen tekshiruvida) o’pka virusli kasalliklarida kuzatiladigan tipik o’zgarishlar (jaroҳat xajmi anchagina KT 3-4)

  • Arterial qondagi loktat >2 mmol’/l

O’ta og‘ir shakli

  • Doimiy febril ҳarorat

  • O’tkir respirator distres sindromi

  • O’tkir nafas etishmovchiligi (sun’iy nafas oldirish shart)

  • Septik shok

  • Ko’pgina organlarning funkstiyasi buzilgan

  • Kompyuter tomografiyada (rentgen tekshiruvida) o’pka virusli kasalliklarida kuzatiladigan tipik o’zgarishlar (jaroҳat xajmi juda katta KT 4)

Odatda virus yuqtirganlarning yarmida (50%) kasallik belgilarsiz kechadi. Klinik belgilari mavjud bo’lgan bemorlarning 80% kasallik engil, o’tkir respirator virusli infekstiya shaklida o’tadi. Xitoy ҳalq respublikasida qayd qilingan, tashҳisi tasdiqlangan bemorlarning 15% og‘ir, 5% o’ta og‘ir shaklda uchragan.
Kasallikning og‘ir va o’ta og‘ir shakllari ko’proq katta yoshdagi qariyalarda, qo’shimcha kasalliklari (qandli diabet, gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalligi) mavjud bo’lgan kishilarda kuzatilgan.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling