Tibbiy-sanitariya yordamining birlamchi zvenosida epidemiologik nazorat
Bunday epidemiologik nazorat jamoada paydo bo’ladigan sporadik kasalliklarni aniqlashga yordam beradi.
Covid-19 kasaligiga gumon qilingan yoki tasdiqlangan bemorlar aniqlanganda zudlik bilan 24 soat ichida tuman sog‘liqni saqlash bo’limiga, tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat sog‘ligini saqlash xizmati markazlariga xabar berish kerak. O’z vaktida va tezlik bilan qilingan xisobot va taҳlil yangi paydo bo’lgan bemorlarni va muloqotda bo’lganlarni aniqlashga va ular orasida chora-tadbirlarni tashkil kilishga yordam beradi.
Shuning uchun ҳar bir ҳolat uchun eng kamida quyidagi axborotlarni yig‘ish lozim:bemorning yoshi, jinsi, yashash manzili, kasallik boshlangan vaqti, tekshiruv (test) natijalari.
Shifoxonalar (bolnista) darajasida epidemiologik nazorat
Covid-19 kasalligiga gumon qilingan yoki tashxisi tasdiqlangan bemorlar shifoxonaga yotkizilgandan keyin 24 soat ichida sog‘liqni saqlash organlariga xabar berish kerak.
Bemor xaqida quyidagi ma’lumotlar beriladi:
yoshi,jinsi va yashash manzili;
kasallik boshlangan davri, tekshirishga namuna olingan payti, shifoxonaga yotqizilgan vaqti;
laboratoriya tekshiruvining turi va natijasi;
bemor tibbiyot xodimi bo’lsa uni ko’rsatish kerak;
xabar berilayotgan paytida bemorning aҳvoli (bemor shifoxonaga yotqizilgan, sun’iy nafas oldirishda yotibdi, reanimastiya bo’limiga qabul qilindi va ҳ.k.);
kasallikning natijasi (shifoxonadan chikib ketgan yoki o’lgan kuni).
Dozorli epidemiologik nazorat
Bunday epidemiologik nazoratda maxsus (dozor) uchastkalarda Covid-19 ga qo’shimcha tekshiruvga (dopolnitelnoe testirovanie) ajratilgan bemorlar bir xil aҳoli guruҳi vakillari, ҳar xil jinsli, ҳar xil yoshdagi kishilar bo’lishi maqsadga muvofiq.
Dozorli epidemiologik nazorat yordamida aniqlangan Covid-19 bemorlari davlat xisobotiga kiritilishi lozim,ular xaqida tegishli kanallar orqali axborot berilishi kerak.
Dozorli epidemiologik nazoratning afzalligi shundaki, bunday nazoratda laboratoriya tekshiruvi(testirovanie) tizimli standart asosida o’tkaziladi. Bunday laboratoriya tekshiruvi natijalariga, boshqa kasalliklarda, jumladan grippga o’xshash kasallliklar, o’tkir respirator infekstiyalar yoki zotiljamda o’tkaziladigan tekshiruv natijalari ta’sir ko’rsatmaydi.
Yil mobaynida o’tkir respirator kasalliklarda o’tkaziladigan dozorli epidemiologik nazoratda olinadigan namunalarni, Covid-19ga ҳam tekshirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |