O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Katta yoshli qariyalarda kasallikning klinik xususiyatlari


Download 363.44 Kb.
bet16/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Katta yoshli qariyalarda kasallikning klinik xususiyatlari.
Qariyalarda kasallikning atipik shakllari (xaroratsiz, yo’talsiz, ҳansirash kuzatilmasdan) bo’lishi mumkin.
Ko’pincha Covid-19 klinik belgilari engilroq, kasallikning og‘irligiga mos kelmasligi mumkin, bunday ҳolat kasallik oqibatlari jiddiy bo’lishiga to’g‘ri kelmaydi.
Qariyalarda Covid-19 organizm funkstiyalarining buzilishi, yiqilib tushishga, konyuktivitlarga, taxikardiya va qon bosimining tushib ketishiga sabab bo’ladi.
Covid-19 ning jiddiy asoratlari (pnevmoniya, distress sindromi, ko’pgina organlar funkstiyasining buzilishi) ko’pincha qariyalarda va qo’shimcha kasalliklari bor kishilarda kuzatiladi.
Viruslarning o’ta patogenligi, toksigenligi, organizm immun tizimining jaroҳatlanishi ҳastalikning og‘ir asoratlariga olib keladi.
Asoratlar bo’lishiga olib keladigan omillar:
- qandli diabet
- yurak qon-tomir kasalligining surunkali kechishi
- surunkali o’pka kasalligi
- surunkali buyrak kasalliklari
- allergik kasalliklar
- surunkali nevrologik kasalliklar
- anemiya
- ikkilamchi immun tanqisligi
- nevralgiya, nevrit, radikulonevrit
Bolalarda esa:
1. Anemiya
2. Gipotrofiya
3. Raxit
4. Bronx-o’pka kasalliklari
5. Ikkilamchi immun tanqisligi
6. Timiko-limfostitar etishmasligi (timomegaliya)
7. Nevralgiya, nevrit, radikulo-nevrit
8. Disbakterioz
Bolalarda koronovirus Covid-19 ҳastaligida ko’pincha quyidagi asoratlari kuzatiladi:
- kataral-yiringli belgi
- gaymorit
- seroz meningit
- glomurulonefrit (toksik nefrit)
- pnevmoniya
- nevrit, nevralgiya, radikulonevrit
Covid-19 ҳastaligining asorati – pnevmoniya
Aralash pnevmoniya virus-bakterial uyushmasi natijasida ro’y beradi. Bemorlarda o’choqli, segmentar, qo’shilib ketadigan (slivnoy), krupoz pnevmoniyalar kuzatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’pkada kuzatiladigan pnevmoniya ҳolatida nafaqat bronxiola, alveolalar, balki barcha oraliq to’qimalar ҳam yallig‘lanish jarayonida ishtirok etadi. Yallig‘lanishda ҳosil bo’ladigan suyuqlik (ekssudat) o’pkani, o’pka bo’laklari oralig‘idagi bo’shliqni alveolyalar orasini to’ldiradi, natijada o’pka fibrozi rivojlanadi. Pnevmoniyaning boshlang‘ich bosqichlarida aniqlash ancha qiyin. Covid-19 ning asorati sifatida pnevmoniya ko’proq kasallikning birinchi ҳaftasining oxirida, ikkinchi ҳaftasining boshlarida kuzatiladi. Ammo lekin pnevmoniya kasallikning boshlanishida (3-4 kunlarida) xam kuzatilishi mumkin.
Bunday ҳolda o’pkaning shikastlanishi odatdagi bakterial pnevmoniya bo’lmay, atipik pnevmoniya ammo o’pka to’qimalariga va tomir devorlariga gialuron kislotasi ta’sir qilib, alveolalarni to’ldiradi. Natijada paydo bo’lgan pnevmonit, alveolyar qoplamani, ajratuvchi membranalarni yo’q qiladi. Qon tomirlar devorining shikastlanishi natijasida o’pkaning perfuziyasi kuzatiladi (o’pka to’qimasi qonli suyuqlik bilan to’yinadi) kapillyarlar va mayda tomirlarda tromboz kuzatiladi.
Pnevmoniya ҳolatini o’z vaqtida aniqlash qiyin. Pnevmoniya tashxisini qo’yishda klinik belgilar, ҳamda rentgenologik, (MSKT) tekshirishlar orqali tashxis qo’yiladi. Bemorlarda kuchli charchoqlik, ҳolsizlik, ҳansirash, quruq yo’tal–quvillash, ko’p uxlash, bosh og‘riq, diareya, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi, stianoz, burunning bitishi, nafas olganda ko’krak qafas mushaklari, qorin mushaklari, diafragmaning zo’riqishi kuzatiladi.
Bemorlarning o’pkasida kuchli stirkulyator, mikrostirkulyator o’zgarishlar kuzatiladi. O’pka etishmasligi, yurak qon-tomir etishmasligi, arterial bosimning tez tushib ketishi, stianoz, akrostianoz ҳolati kuzatiladi, kasallik tez rivojlanadi. Bemorlarda kislorodga bo’lgan talab kuchayadi. O’pka etishmasligi, distress sindrom, total pnevmoniya kuzatiladi.
Patologik jarayonga plevra qo’shiladi (plevropnevmoniya). Bemorlarda fibroz va yiringli plevritlar kuzatiladi. Ushbu jarayonning vujudga kelishida o’pkada mavjud bo’lgan pnevmokokklar, stafilokokklar, streptokokklar va boshqa bakteriyalar muҳim rol o’ynaydi. Pnevmoniya jarayoni kuzatilayotgan bemorlarda miokardit, toksik nefrit, seroz meningit asoratlari qo’shiladi. Xulosa qilib aytganda, Covid-19pnevmoniyasida poliorgan etishmaslik ҳolati kuchayadi va tezda davolash o’tkazilmasa, o’lim ҳolati qayd etiladi.



Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling