O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Tibbiyot asboblari yordamida tashxis qo’yish


Download 363.44 Kb.
bet20/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Tibbiyot asboblari yordamida tashxis qo’yish
Pulsoksimetriya apparati yordamida SpO2 aniqlanadi. Pulsoksimetriya juda sodda skrining uslub bo’lib, bemorlarda gipoksiya ҳolatini aniqlashda yordam beradi.
Nur yordamida diagnoz qo’yish
Kompyuter tomografiya uslubi o’pkani rentgenologik tekshirish informativ uslub bo’lib, o’pkada virusli pnevmoniya alomati borligi va pnevmoniya o’pkaning qaysi bo’limlarida shakllanganligi ҳaqida axborot beradi.
Kompyuter tomografiya uslubi yordamida bemorlar bir necha guruҳga bo’linadi:
- KT – virusli pnevmoniyasi bor bemorlar.
- KT – bakterial pnevmoniyasi bor bemorlar.
- KT – virus-bakterial pnevmoniyasi bor bemorlar.
- KT – o’pkada yallig‘lanish bor yo’qligidan dalolat beradi.
Covid-19 infekstiyasida KT asosan intersitstial to’qimada, alveolalarda, bronxiolalarda yallig‘lanish darajasini aniqlab beradi (o’pkada intersitstial to’qimadagi infiltrativ yallig‘lanish ko’rsatkichini aniqlab beradi).
Covid-19 infekstiyasida KT ni qayta qilinishi, olib borilgan davolash choralari samara bermaganda bajariladi.
Rentgenologik tekshiruvlar
Covid-19 infekstiyasida virusli pnevmoniya asorati shakllanganligini aniqlashda o’pkani rentgenologik tekshirish yaxshi natija bermaydi.
Covid-19 xastaligida virusli pnevmoniya asorati tuzalish arafasida rentgenologik tekshiruv o’pkaning qay darajada tuzalayotganidan xabar berishi mumkin.
Ultratovush tekshiruvlar
Ultratovush tekshiruvlari (UTT) yordamchi uslub bo’lib, o’pka ichida bo’limlararo bo’shliqda, o’pka tagida ҳavo borligi yoki suyuqlik yig‘ilganlik darajasini aniqlashda UTT o’tkaziladi.
Elektrokardiografiya (EKG)
EKG barcha bemorlarga o’tkaziladi. Ushbu uslub informativ bo’lmay, bemorlarda yurak qon tomirlarda o’zgarishlar borligini aniqlash, toksik miokardit vujudga kelganligini aniqlashda yordam beradi.
PSR-tashxisot
Covid-19 maxsus laboratoriya uslublariga virus nuklein kislotasini aniqlash kiradi. PSR uslubi Covid-19 virusining RNKsini aniqlashga qaratilgan. Bemorning biologik suyuqliklarida SARS-COV-2 virusini aniqlashda ishlatiladi.
PZR usuli bilan isitmasi chiqqan bemorlar, epidemiologik jiҳatdan noxush bo’lgan davlatlardan kelganlar, ҳamda muloqotda bo’lganlar tekshiriladi.
Ushbu uslubning samarali bo’lishida, materialda viruslar borligini aniqlashda, bemorlardan olinadigan sinamalarning to’g‘ri va sifatli olinishi aҳamiyatga ega. Olingan sinama materiallari laboratoriyalarga extiyotlik bilan, sanitariya-gigienik qoidalariga rioya qilingan ҳolda etkazilishi shart.
Biomateriallarni olishdan tortib to laboratoriyaga etkazguncha tibbiyot xodimlari ҳimoya kostyumlarida bo’lishi shart.
PZR Covid-19 (SARS – COV-2) o’tkazilishi kerak bo’lgan kishilar:
- O’zbekiston Respublikasiga kirib kelgan chet el va O’zbekiston fuqarolari, ularda O’RVI belgilari bo’lsa;
- Respirator belgilari kuzatilgan va Covid-19 ga shubҳa qilingan bemorlar yoki sog‘lom kishilar.
- Covid-19 bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar.
- Pnevmoniya tashxisi bilan kelgan bemorlar.
- 60 yosh va undan katta yoshda bo’lgan va ularda shamollash alomati kuzatilsa, PZR ga tekshiriladi.
- Covid-19 infekstiyasi bilan muloqotda bo’lgan tibbiyot xodimlari.
- Yopiq tashkilotlar ishchilari (internat, listey, qariyalar uylari, qamoqxonalar).
O’tkir respirator infekstiya belgilari bo’lgan SARS – COV-2 RNK sini aniqlash uchun, tibbiyot muassasalariga murojaat qilganda, quyidagi epidemiologik ma’lumotlari bo’lgan shaxslar PZR usulida tekshiriladi:
- murojaat qilguncha 14 kun mobaynida chet eldan qaytib kelganlar;
- oxirgi 14 kun ichida Covid-19 tufayli tibbiy nazoratdagi kishilar bilan yaqin muloqotda bo’lganlar;
- oxirgi 14 kun ichida Covid-19 laboratoriya usuli bilan tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo’lganlar;
- Covid-19 bemorlari va ushbu kasalikka gumon qilinganlar biologik materiallari bilan muloqotda bo’lgan tibbiyot xodimlari;
- tug‘ishgacha 14 kun oldin Covid-19 bilan kasallanganligi tasdiqlangan yoki unga gumon qilingan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling