COVID-19 NING TAShXISOTI. BEMORLARNI TEKShIRISh REJASI (ALGORITMI)
Covid-19 kasalligining tashxisi klinik tekshiruvlar, epidemiologik anamnez materiallari va laboratoriya tekshiruv natijalariga asoslanadi.
Covid-19 infekstiyasini tekshirish rejasi (algoritmi)
Covid-19 infekstiyasiga tashxis qo’yish uchun bemorning shikoyatlari, kasallik tarixi (anamnesis morbi) epidemiologik anamnez, kasallik rivojlanish tarixi (anamnesis vitae), ob’ektiv ma’lumotlar va laboratoriya taҳlili natijalari muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Bemor shikoyatlari
1. Bemor shikoyatlarini aniqlashda, bemorlarda respirator belgilar rivojlanishi, intoksikastiya belgilar borligi, isitma, o’pkaning jaroҳatlanishi (ҳansirash) ich ketish alomatlari paydo bo’lishi juda muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Covid-19 infekstiyasining xarakterli belgilari (charchoqlik, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi, ishtaҳaning pasayishi, mushaklar va bo’g‘imlarda og‘riqlar) isitma (et uvishishi, badanning qizishi, terlash). Respirator belgilar (yo’tal, quruq, balg‘amli, og‘iz qurishi, ҳid va tamni bilmasligi). O’pkadagi o’zgarishlar (ҳansirash, ko’krak qafasda og‘riq), ichakda o’zgarish (ich ketish, qorinda og‘riq). Shuni ta’kidlash lozimki, bemorni surishtirganda, kasallikning ilk davrida ingichka ichakning funkstional buzilishi (ichak quldirashi, qorinda ҳavo yig‘ilishi, axlatning suyuqlashishi) muҳim axamiyat kasb etadi.
Epidemiologik anamnez yig‘ilganda bemor 14 kun ichida chet elda bo’lganligi va kelgan davlatda Covid-19 epidemiyasi bor, yo’qligi aniqlanadi.
14 kun mobaynida Covid-19 ga shubҳa qilingan va karantinga olingan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlardan, Covid-19 bilan kasallangan bemorlar bilan 14 kun ichida muloqotda bo’lganligi ҳaqida epidemiologik anamnez (ma’lumot) yig‘iladi.
Bemorda surunkali kasalliklar bor yo’qligi aniqlanadi: surunkali yurak qon-tomir kasalliklari, surunkali bronx-o’pka kasalliklari, qandli diabet kasalligi bor yo’qligi, ushbu kasalliklar bilan necha yillardan beri ro’yxatga olinganligi. Shu bilan birga bemor qarindoshlarida yuqorida ko’rsatilgan somatik kasalliklar bor-yo’qligi, allergik kasalligi, bolalarda emlash kalendari, ayollarda ginekologik anamnez yig‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |