Fizikal tekshirish uslublari
Termometriya (isitma o’lchash).
Bemorning umumiy aҳvoli, xushidami yoki yo’qmi, bemorning faolligi.
Teri ҳolati: toshmalar bor yo’qligi, teri oqarganligi, akrostianoz bor-yo’qligi, ko’z shilliq pardasi qizarganmi yoki yo’qmi (kon’yunktivit).
Yurak qon-tomirdagi o’zgarishlar – puls, yurak tonlari o’lchami, auskultativ yurak tonlari, sistolik shovqin bor-yo’qligi.
Arterial bosim o’lchovi.
Nafas tizimidagi o’zgarishlar: nafas olish soni (HOz), nafas olishning yuzaki yoki chuqurligi, ko’krak qafasini palpastiya, perkussiyadan o’tkazilishi, jaroҳat joylarini aniqlashda yordam beradi.
O’pka auskulatastiyasi – o’pkada dag‘al nafas olish, quruq, xo’l xirillashni aniqlash, kripitastiya yoki o’pkada nafas olishning umuman eshitilmasligi.
Pulsoksimetriya.
Oshqozon ichak tizimini ko’zdan o’tkazish: qorinni ko’rikdan o’tkazish, qurillash bor-yo’qligi, qorinda og‘riq bor-yo’qligi, jigar va qorataloq o’lchami (kurlov usuli bilan), bemor axlatidagi o’zgarishlarni aniqlash, ya’ni ich ketish soni, rangi, ҳidi, axlatda qon, shilimshiq bor-yo’qligi.
Buyrak va siydik chiqarish organlaridagi o’zgarishlarni aniqlash, ertalabki siydikdagi o’zgarishlar, siydik o’lchami, rangi, ҳidi, quyuq suyuqligi, tuzlar bor-yo’qligi, buyrak soxada og‘riq bor-yo’qligi, Pasternak belgisining o’zgarishlari.
Bemorlar asab tizimidagi o’zgarishlar: meningit, estefalitik o’zgarishlar bor-yo’qligi, parezlar – paralichlar bor-yo’qligi.
Farengoskopiya – og‘iz va ҳiqildoq shilliq qavatidagi o’zgarishlarni aniqlash.
Laboratoriya tekshiruvlari ularning ҳajmi, soni, vaqti kasallikning og‘ir engilligiga qarab tanlanadi. Ambulatoriya sharoitidagi, engil shakldagi bemorlar uchun laboratoriya tekshiruvlari shart emas kasallikning o’rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o’ta og‘ir shakillardagi bemorlarga quyidagi laboratoriya tekshiruvlari o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |