O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet26/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Kasallikning og‘ir shakli bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatadigan shifoxonalar pulsoksometr, kislorod etkazib berish tizimlari ҳamda zarur jiҳozlar (burun kanyulalari, Venturi niqoblari va nafas olish uchun mo’ljallangan niqoblar) bilan jiҳozlangan bo’lishi kerak.
Xavf alomatlari bor yoki bunday alomatlarga ega bo’lmagan lekin SpO2< 90% bo’lgan ҳar qanday bemor uchun darҳol kislorod – terapiyasini boshlash tavsiya etiladi.

  • Parastetamol – kuniga 4 maҳal 1500-2000 mg/sut;

  • Ibuprofen – 3 maҳal kuniga 1200 mg/sut;

  • Virusga qarshi preparatlar - Remdesivir kasallikning birinchi 10 kunida qo’llaniladi, vena ichiga 1- kun 200 mg keyingi 5 kun 100 mg kuniga.

Dezintoksikastion terapiya – regidratastiya – (suv balansini ta’minlash) maqsadida ko’p miqdorda ichimlik tavsiya etiladi. (kompotlar, damlamalar, sharbatlar, choy, suv va boshqalar) degidratastiya alomatlari kuzatilgan ҳollarda infuzion terapiya tavsiya etiladi;

  • Kuniga 4-5 marta ovqatlanish;

  • Spironolakton naҳorga kuniga 1 marta 50-100 mg/sut;

  • Antikoagulyantlar barcha kasalxonaga yotqizilgan bemorlarga buyuriladi. Agar qarshi ko’rsatma mavjud bo’lmasa – Enoksoparin 40 mg/sut yoki davolash dozasi 1.5 mg/kg kuniga 1 marta yoki 1mg/kg kuniga 2 maҳal; past molekulali geparinlar bo’lmasa

  • Geparin natriy 5000 -7000 ME kuniga 4 marta 7-10 kun davomida (VSK nazorati ostida), so’ngra past molekulali geparinlarga o’tish zarur. Geparin-Na yoki fraksion bo’lmagan geparin to’g‘ridan-to’g‘ri antikoagulyant bo’lib, tabiiy antikoagulyant antitrombin-III orqali ta’sir qiladi. II-X- koagulyastiya omillarni bloklaydi. Bemorlarning qonida antitrombin-III miqdori kamayadi. Geparin tomir ichiga yuborilganda 4-6 soat va teri ostiga yuborilganda 8-12 soat davomida ta’sir qiladi.

Fraksionlanmagan geparin ishlatilganda (odatda 5-7 kundan keyin), Sovid-19 infekstiyasiga chalingan bemorlarda (geparin terapiyasiga qaramay) geparin ta’siridan kelib chiqadigan qon tomir trombozi rivojlanishi mumkin. Frakstion geparin ta’sirida trombostitlar IV omilni ajratadi, u geparin va Ig : G, A, M, bilan birikib immun-komplekslarini ҳosil qiladi va trombostit membranasiga joylashadi, va immun xujayralar uchun nishon bo’lib qoladi, ҳamda mayda tomirlarga ta’sir qiladi natijada trombozlar paydo bo’lishiga olib keladi, trombostitlar miqdori kamayadi (ular geparin-Na ta’sirida yo’q qilinadi). Shuning uchun frakstion bo’lmagan geparindan uzoq vaqt foydalanish mumkin emas (7-8 kundan ortiq). Antitrombin-III ning va trombostitlar sonining kamayishi bilan kechuvchi ҳolat kichik va ba’zan katta tomirlarda tromb ҳosil qilishi mumkin. Shuning uchun, frakstion bo’lmagan geparinni qo’llanilgandan keyin bir necha kun o’tgach, past frakstionli geparinga o’tish juda muҳim, bu trombostitlarga ta’sir qilmaydi va antitrombin-III ga juda oz ta’sir qiladi.
Trombostitopeniya ҳolati bilan antikoagulyant sifatida Fondonopyrinux antikoagulyantini ishlatish mumkin, chunki u geparin-Na ta’siriga ega bo’lmay (trombostitlarga va antitrombin-III ta’sir ko’rsatmaydi) va tromblar ҳosil bo’lishining oldini oladi. Ikkinchi tarafdan bilvosita antikoagulyantlar (Kumarin ҳosilalari) yordamida davolashni davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling