Covid-19 bilan kasallangan va tuzalgan bemorlarni shifoxonadan chiqarish tartibi. Bemorlarni shifoxonadan chiqarish tartibi quyidagilardan iborat. Bemorlarda shikoyat bo’lmasligi, isitma normal ҳolga kelishi, laboratoriya taҳlillar: umumiy qon, peshob, axlat analizlarining normal ko’rsatkichi, 2 marta RNK SARS-COV-2 PSR analizining manfiy bo’lishi bemorlarni shifoxonadan chiqishi va 14 kun reabilitastiya shifoxonalarga o’tkazilishiga asos bo’ladi.
COVID-19 INFEKSIYaSIDA EPIDEMIYaGA QARShI ChORA-TADBIRLAR
Covid-19 infekstiyasi tasdiqlangan yoki shubҳa qilingan bemorlar familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, manzili tibbiyot xodimlari tomonidan aniqlanadi va ҳududiy sanitariya epidemiologiya markaziga shoshilinch xabar beriladi. Bemorni ko’rgan tibbiyot xodimlari bemorni izolyastiya qiladi va ҳimoya niqoblari, ҳimoya kombinzoni kiyyadi. Bemorlar 14 kun mobaynida qaerda bo’ldi, nechta odamlar bilan muloqotda bo’lgan, oila a’zolari ro’yxati olinadi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga taqdim etiladi. Bemor oilaviy shifoxonada ko’rilgan bo’lsa, oilaviy poliklinika bosh vrachiga bemor to’g‘risida ma’lumot beradi.
Covid-19 yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ҳududlar qizil, yashil bo’limlarga bo’linadi. Qizil bo’limlarda bemorlar davolanadi, yashil bo’limlarda (xonalarda)tibbiyot xodimlari yashaydi va qizil ҳududga kirishga tayyorgarlik ko’radi.
Asosiy qoidalar:
I-II guruҳ infekstiyalari talablariga ko’ra tibbiyot ҳimoya kostyumlari kiyilib, bemorlarga tibbiyot muolajalari o’tkaziladi, bemor xonalari kuniga 3 maҳal dezinfekstiya moddalari bilan tozalanib turiladi. Tibbiyot ҳimoya niqoblari, shpatellar, sistema va shpristlar ishlatilgandan so’ng dezinfekstiya qilinib, kuydirib yuboriladi. Bemor ishlatgan ko’rpa to’shaklar, sochiqlar, gigienik salfetkalar dezinfekstion kamerada 2200S dezinfekstiya qilinadi.
Dezinfekstiya qilinganligi ҳaqida ma’muriyat daftariga yozib qo’yiladi.
Karantinga olingan Covid-19 musbat bo’lgan kishilar yotgan shifoxonalarda ҳam sanitariya-gigiena, profilaktika qoidalari infekstion shifoxonalarga qo’yilgan talablar asosida olib boriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tibbiyot xodimlariga gigienik niqoblar, bir marta ishlatiladigan gigienik ҳimoya kostyumlari, ko’z oynaklar, tibbiyot qo’lqoplari kvarst-1m apparatlari dezinfekstiya moddalari davlat tomonidan bepul ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
Sanitariya transportlari ҳaydovchilari, tibbiyot xodimlari ҳar bir kasalni shifoxonaga olib kelingandan so’ng individual ҳimoya kostyumi almashtiriladi, tibbiyot transporti ҳar bir kasalga xizmat ko’rsatilgandan so’ng yakuniy dezinfekstiya qilinadi.
Tibbiyot transporti, ishlatilgan tibbiyot asboblarini dezinfekstiya qilish maxsus joylarda amalga oshiriladi. Kasal chiqargan balg‘am, qusuq moddalari, dastro’mol avval xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalar bilan dezinfekstiya qilinib, keyinchalik o’rnatilgan tartibda yo’qotiladi.
Kasal uyda va tibbiyotmuassasalarida bo’lgan joylarda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazilib, xonalar dezinfekstiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |